Jahon tarixi


Yevropaliklarning kirib kelishi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Yevropaliklarning kirib kelishi. 
XVI asrning 40-yillaridan 
boshlab Yaponiyaga birinchi bo‘lib Portugaliya savdogarlari 
kirib keldilar.
1543-yilda portugaliyalik Mendish Pintu Bungo viloyati 
hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, 
porox olib kelish va ularni oltin hamda kumushga ayirboshlash 
to ‘g‘risida shartnoma imzoladi. Yevropaliklarning Yaponiyaga 
kirib kelishining eng ahamiyatli jihati, o‘qotar qurollarning 
Yaponiyaga keltirilishi hamda shu yerda ishlab chiqarishning 
yo‘lga qo‘yilishi b o ‘ldi. Mendish Pintu yaponlarga o ‘qotar 
qurollar yasash san’atini o‘rgatdi. Ayni paytda Yaponiyaga 
yevropalik savdogarlar ortidan katolik cherkovi ruhoniylari 
ham kela boshladilar.
Ular yaponlar orasida xristian dinini targ‘ib etishga ki- 
rishdilar. Syogun Oda Nobunaga Yaponiyada xristian dinining 
tarqalishiga homiylik qildi. Chunki bu davrda budda dini 
peshvolari Oda Nobunagaga dushm an b o ‘lgan kuchlarni 
qollab-quwatlam oqda edi. Bundan tashqari, Oda tezlik bilan 
qo‘shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to ‘la qurollantirish
79


maqsadida yevropaliklar ishonchini qozonish uchun ham 
shunday qilgan edi.
Yaponiyani birlashtirish uchun ku-
rashning davom etishi. 
1582-yilda Oda 
Nobunaga fitna qurboni bo‘ldi. Yapo­
niyani birlashtirish yodidagi ishni uning 
yaqin yordamchisi Toyotomi Xidayosi 
davom ettirdi. U Odaga qarshi til birik- 
tirgan guruhni tor-m or etdi. Xidayosi 
Yaponiyani to ‘la birlashtirishga erisha 
olmagan bo‘lsa-da, bu borada katta mu- 
vaffaqiyatlarga erishdi. Xidayosi 1587- 
yilda barcha xristian ruhoniylarining 
Yaponiyani tark etishi haqida qonun 
Yapon jangchisi. 
chiqardi. Mamlakatda faqat Portugaliya 
savdogarlarining qolishiga ruxsat etildi. 
Buning sababi har ikki tomonning o ‘zaro manfaatdorlikka 
asoslangan savdo munosabatlarining o‘rnatganligi edi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin