Jahon tarixi


Min sulolasining halokati



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Min sulolasining halokati. 
Sulolaning tashqi bosqinchi 
kuchlar oldidagi taslimchilik siyosati mamlakatda keskin no- 
rozilikni keltirib chiqardi.
Mamlakatni dehqonlar qo‘zg‘oloni qamrab oldi. Dehqonlar 
qo‘shinlarining yetakchilari barcha harbiy kuchlarni birlash- 
tirdilar. Ularga Li Szi-chen qo‘mondonlik qildi.
1643-yilda qo‘zg‘olonchilar harbiy kengashi Pekinga hu- 
jum boshlash haqida qaror qabul qildi. Li Szi-chen imperator 
deb e’lon qilindi.
Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida esa dehqonlar qo‘zg‘o- 
lonining yana bir qo‘mondoni Chjan Syan-chjun ham o ‘z 
davlatini tuzganligini e’lon qildi.
1644-yilda Li Szi-chen boshchiligidagi q o ‘zg‘olonchilar 
Pekinni ishg‘ol qildilar. Buning natijasida M in sulolasi taxtdan 
ag‘darildi.
Bu davrda mamlakat shimolida hukumat qo‘shinlari ge­
neral U San-guy qo‘mondonligida manjurlarga qarshi kurash 
olib borayotgan edi.
U San-guy Pekindagi yangi hukumatga katta tashvish 
keltirishi mumkin edi. Shuning uchun ham Li Szi-chen u 
bilan til topishishga qaror qildi. Biroq U San-guy dehqonlar 
hokimiyatini tan olmadi. Ayni paytda u dehqonlar hukumatini 
o‘z ixtiyoridagi qo‘shin bilan ag‘darishga ham ojizligini bilar 
edi. Shu tufayli u xoinlik yo‘liga o‘tdi va manjurlar vassali 
bo‘lishga rozilik berdi.
1644-yilda manjurlar Pekinni ishg‘ol qildilar. Abaxayning o ‘g ‘li
Xitoy imperatori deb e Ion qilindi. Shu tariqa Xitoy tarixida
manjurlarning Sin sulolasi hukmronligi boshlandi va и 1911-
yilgacha davom etdi.
Dehqonlar qo‘zg‘olonlari shafqatsizlik bilan bostirildi. Li 
Szi-chen va Chjan Syan-chjunlar janglarda halok b o ‘ldilar.
77


0 ‘zingizni sinang:
♦ Abaxay — ... .
Li Szi-chen va Chjan Syan-chjun —.......
Tashqi siyosat. 
Sin sulolasi bosqinchilik siyosati yuritdi. 
Dastlab, 1637-yilda Koreya vassal davlatga aylantirildi.
1689-yilda esa Rossiyani Nercha shartnomasini imzolashga 
majbur qildi. Unga ko‘ra Amur daryosining chap sohili Ros- 
siyadan ajratib olindi.
1758-yilda esa Shimoliy va G ‘arbiy M o‘g‘ulistonda tashkil 
topgan Jung‘or (Oyrat) xonligi butunlay bosib olindi. Tez orada 
butun M o‘g‘uliston va Qashqar ham egallandi.
Sin sulolasi hukmdorlari Xitoyni to ‘la bo ‘ysundirishda 
g‘arbiy yevropaliklar madadiga tayandi. Shu tufayli ularga 
dastlab Xitoy portlari ochib berildi. Biroq g‘arbiy yevro- 
paliklarning Xitoyga kirib kelishi oxir-oqibatda nimalarga 
olib kelishi tobora oydinlasha borgach, Guanchjou portidan 
boshqa b archa p o rtlar Yevropa kem alari u ch u n yopib 
qo‘yildi.
1792-yilda Nepal davlati Sin sulolasiga vassallikni majburan 
tan oldi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin