Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Ichki siyosiy kurash. 
Hukm ron tabaqalarning manfaatiga 
xizmat qiluvchi hukumat jam iyatda yetilgan eng dolzarb 
vazifalarni hal etishga qodir b o ‘lmay qoldi. Davlat idoralari 
amaldorlari o ‘rtasida o ‘zboshimchalik, 
korrupsiya
hamda 
davlat mansablarini sotish avj oldi. Im perator xonadoni turli 
xil ko‘ngilochar tadbirlar va zeb-u ziynat buyumlari uchun 
davlat xazinasini sovurdi. Bu omillar mamlakat aholisining 
turli qatlamlarida keskin norozilik uyg‘otdi. Natijada M in 
sulolasi va uning tayanchlariga qarshi muxolifat shakllandi.
Muxolifatning asosiy kuchini o ‘rta va mayda yer egalari, 
shahar aholisining o‘ziga to ‘q qismi, shuningdek, mamlakat 
ziyolilari tashkil etdi. Muxolifat imperatordan davlat mansab- 
lariga amaldorlarning qobiliyatiga qarab tanlanishini, eskirib 
qolgan qonunlarni o‘zgartirishni talab qildi. Biroq saroy a’yon- 
lari muxolifat talablariga quloq ham solmadi va aksincha, 
ularni ta’qib etishga kirishdi.
Muxolifat kurashni to ‘xtatmadi. Dehqonlar qo‘zg‘olonining 
keng quloch yoyishi M in imperiyasining siyosiy parchalanish 
jarayonini kuchaytirdi.
Manjurlar hukmronligi. 
XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida 
Xitoy uchun o‘ta xavfli tashqi raqib ham paydo bo‘ldi. Bu 
imperiyaga chegaradosh hududlarda tashkil topgan Manjuriya 
davlati edi.
Manjuriya hozirgi Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-sharqiy 
qismi. Hozir bu hudud Dunbey (Shimoli-Sharq) deb ataladi.
Bu davlat hukmdori Abaxay davrida (1626 — 1643) Xitoy 
hududlarini bosib olishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
76


Kuchsizlanib, holdan toygan Min sulolasi manjurlarga jiddiy 
qarshilik ko ‘rsata olmadi. M anjurlar imperiyaning katta 
qismini bosib oldilar. 1636-yilda Abaxay o ‘zini imperator deb 
e’lon qildi. 0 ‘z sulolasini esa Sin (toza, tiniq) nomi bilan 
atay boshladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin