II BOB. XVI - XVIII ASRLARDA OSIYO
MAMLAKATLARI
19-§. XVI - XVIII asrlarda Hindiston
iSj
Boburiylar imperiyasiga asos solinishi.
XVI asrda
Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surgan. 0 ‘zaro
ichki
nizo va urashlar mamlakatni kuchsizlantirgan. Hindiston-
dagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul
hukmdori Zahiriddin Muhammad
Bobur vaziyatdan foyda-
lanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish
boshladi.
Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida
Hin-
distondagi afg‘on qabilalaridan chiqqan
lo ‘diylar sulolasi
hukmronlik qilardi.
Bobur Mirzo 1526-yilning 21-aprelida
Panipat jangida
Ibrohim Lo‘diy qo‘shinini tor-m or keltirdi. 27-aprel kuni esa
Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o‘qildi. Shu
tariqa tarixda uch asrdan ko‘p yashagan yangi imperiya —
Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o ‘zi
bilan qolgan qo‘shinga jogir tarqatgan. Bu yerlarda xo‘jalik yuritish
ishlariga rahbarlik qilish mahalliy urf-odatlarni yaxshi
biladigan
hindlarga topshirildi.
1530-yilda Boburning oMimidan so‘ng imperiya taxti katta
o‘g‘li Humoyunga o‘tdi.
Humoyunning hukmronlik davri juda og‘ir kechdi. 1540-
yilda Humoyun hokimiyatini Bixor
va Bengaliyada joylashib
olgan afg‘on qabilalarining yetakchisi Sherxon Surga egalladi.
Shunga qaramay Humoyun taxtdan ayrilgan yillarida kuchli
qo‘shin tuza oldi. Nihoyat 1555-yilda
Humoyun Eron yor-
damida Hindiston taxtiga da’vogarlarni
to r-m o r etib, yana hokim iyatni o ‘z
qo‘liga qaytarib oldi. Biroq unga taxtda
uzoq o‘tirish nasib etmadi. Oradan ko‘p
o‘tmay Humoyun tasodifiy falokat tufayli
halok bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: