Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

«Sobor nizomi». 
1649-yilda Zemstvo sobori yangi «Sobor 
nizomi» (Qonunlar to ‘plami)ni qabul qildi. Nizomga ko‘ra, 
dvoryanlar o‘zlari egalik qilayotgan yer-mulklarni otameros 
mulkka (votchina) aylantirish huquqiga ega boMdilar.
Dehqonlar dvoryanlarga uzil-kesil biriktirilib qo‘yildi. Ular- 
ning xo‘jayindan xo‘jayinga o‘tishi taqiqlandi. Krepostnoylar 
o ‘z egalarining mulkiga aylantirildi. Shu tariqa Rossiyada 
krepostnoylik huquqi uzil-kesil qaror topdi.
Mutlaq monarxiyaning qaror topishi.
Rossiyada mutlaq monarxiyaning to ‘la 
qaror topishi Aleksey Mixaylovichning 
o‘g‘li Pyotr I nomi bilan bog‘liq. U 1689- 
yilda taxtga o ‘tird i. P y o tr I tashqi 
siyosatining asosiy maqsadlaridan biri,
Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga 
ega davlatga aylantirish edi. U bu va- 
zifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi.
Pyotr I Polsha va Daniya bilan Shve- 
tsiyaga qarshi kurash u ch u n ittifoq 
tuzishga erishdi. Shundan so‘ng Pyotr I 
Boltiq dengiziga chiqish uchun Shve- 
tsiyaga qarshi urush boshlashga qaror 
qildi.
1700-yilda Rossiya — Shvetsiya urushi boshlandi. Bu urush 
tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan kirdi. Urushgacha Ros­
siya kuchli harbiy-dengiz floti yaratishga muvaffaq b o ‘lgan 
edi. Urush taqdirini Poltava (hozirgi Ukraina hududidagi 
shahar) jangi hal etdi. 1709-yilda bo ‘lib o‘tgan bu jangda
Pyotr I.
69


Rossiya g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba Shvetsiya qudratiga 
o‘nglanmas putur yetkazdi. U endi buyuk davlat maqomini 
yo‘qotdi. Nihoyat, 1721-yilda Shimoliy urash Rossiyaning 
g‘alabasi bilan tugadi. Shu yili Finlyandiyaning Nishtadt 
shahrida Rossiya — Shvetsiya tinchlik shartnomasi imzolandi.
Urash yakuni Pyotr I ga o‘z or- 
zusini amalga oshirish im konini 
berdi. Rossiya Boltiq dengiziga chi- 
qish 
imkoniga ega b o ‘ldi. Ayni 
paytda Rossiya Yevropaning qudratli 
davlatlaridan biriga aylandi. 1721- 
yilda Pyotr I imperator deb e’lon 
qilindi. Rossiya imperiyaga aylandi 
va mamlakatda mutlaq monarxiya 
ham to ‘la qaror topdi.
1649-yilgi Nizomga ko'ra ... . 
♦ 1689-yilda ... .
♦ 1721-yilda ... .

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin