ning poytaxti Vena shahri, ikkinchisiniki esa Berlin shahri
edi. XVII asrda Brandenburg knyazligida Prussiya gersogligi
yetakchi mavqega ega bo‘lib oldi.
1701-yilda Branderburg knyazligi
o‘rnida Prussiya qirolligi tashkil topdi.
Brandenburg knyazi Fridrix III Fridrix
I no mi bilan Prussiya qiroli deb e’lon
qilindi. Shu davrdan boshlab qulay
xalqaro sharoitdan va boshqa nemis
knyazliklarining kuchsizligidan foyda-
langan Prussiya qudratli davlatga ayla-
na bordi. Prussiya qudratli qo‘shin
F r id r ix I I .
ham tuza oldi.
XVIII asr oxirida Prussiya maydoni jihatidan Yevropada
uchinchi, qo‘shini soni jihatidan esa to ‘rtinchi o ‘rinni egalladi.
Fridrix II hukmronligi davrida (1740—1786) Prussiya mutlaq
monarxiyaga aylandi.
Prussiya keyinchalik hatto Germaniyani yagona davlatga
birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Siz IX sinf «Jahon
tarixi» darsligidan m a’lumot olasiz.
Dostları ilə paylaş: