likning davom etaverishiga sabab b o ‘ldi. Va nihoyat,
Yevropa davlatlari o‘rtasida kelib chiqqan 0 ‘ttiz yillik urushda
(1618—1648) Germaniyaning mag‘lubiyatga uchrashi ham
uning qoloqlik botqog‘iga botib qolaverishiga katta ta ’sir
ko‘rsatdi. 0 ‘ttiz yillik urush natijasiga ko‘ra, Yevropada siyosiy
gegemonlik Fransiyaga o ‘tdi.
Germaniya esa iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutdi.
Siyosiy parokandalik yanada kuchaydi.
Siyosiy tuzum.
G erm aniya
rasm an yagona im periya
hisoblanar, uni nomiga b o ‘lsa-da, imperator boshqarardi.
Aslida esa uning birligi faqat qog‘ozda edi. 1806-yilgacha
«Muqaddas Rim imperiyasi» deb atalgan bu imperiyada hatto
yagona fuqarolik ham yo‘q edi. Aholi imperiyaning emas,
balki knyazliklarning fuqarolari edi.
Gabsburglar sulolasidan b o ‘lgan Germaniya imperatori
o‘zining Avstriyadagi yerlaridan
tashqarida hech qanday real
hokimiyatga ega emasdi. Imperiya Reyxstagi esa amalda
barcha knyazliklarga majburiy bo‘lgan yakuniy qarorlar qabul
qila olmasdi.
Qabul qilgan taqdirda ham u amalda bajarilmasdi. Bunday
sharoitda har bir knyazlik
nafaqat ichki ishlarda, balki tashqi
siyosatda ham mustaqillikka intilganlar.
Dostları ilə paylaş: