Hukmdorning cheklanmagan hokimiyati esa barcha eski
tartiblarning bosh tayanchi, har qanday yangilikning esa
ashaddiy dushmani edi. Buning ustiga, XVI asrga kelib davlat
hamda dehqonlar yerlarining katta yer egalari qo‘liga o ‘tish
jarayoni kuchaydi. Ular bu yerlarni o‘z mulklariga aylantirishda
hech narsadan qaytm adilar. Eng k o ‘p m iqdordagi yer
imperator xonadonining qo‘lida to ‘plandi. Buning ustiga, ular
hosildor yerlar ham edi. Ijara shartining og‘irligi asosiy ishlab
chiqaruvchi kuch — dehqonlarni xonavayron qila boshladi.
Bu esa butun imperiya hududida dehqonlar qo ‘zg‘oloni
boshlanishiga olib keldi va u butun mamlakatni qamrab oldi.
Dostları ilə paylaş: