asoschisi, buyuk islohotchi sifatida nom qoldirgan. Bu shoh
Hindiston tarixiga «Buyuk Akbar» nomi bilan kirgan. Ak-
barshoh bunday buyuklikka osonlikcha erishgan emas. Uning
asosiy raqibi Hindistondagi afg‘on qabilalari yetakchilari edi.
Akbarshoh qo‘shini 1559-yilga kelib
taxt uchun boburiylarga
qarshi kurashning yetakchi kuchlari — afg‘onlarning Sur
sulolasi qo‘shinini butunlay yanchib tashladi.
Akbarshohning
bo ‘Igan.
hukmronlik yillari imperiyaning oltin davri
Akbarshoh zukko davlat arbobi,
mohir
sarkarda boMishi bilan bir qatorda, itoat-
kor o‘g‘il, g‘amxo‘r ota ham edi. Qo‘l
ostidagi xalqlarning
turmush farovonligi
doimo uning e’tiborida bo‘ldi. Kamba-
g‘al, beva-bechoralarga muntazam mod-
diy yordam ko‘rsatdi.
Akbarshoh falsafa, din,
adabiyot va
tarix ilmini yaxshi egallagan.
U boshqa din vakillariga nisbatan ham
adolatli siyosat yuritdi.
Akbarshoh.
Akbarshoh barcha fuqarolarga din erkinligi bergan va
musulmon b o ‘lmaganlardan undiriladigan «jizya» solig‘ini
bekor qilgan.
U hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni ham
man etdi. Imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etilib,
ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan
teng miqdorda soliq
undiriladigan b o ‘ldi. Davlat idoralaridagi lavozimlar dini va
mazhabidan qat’i nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsim-
lanadigan bo ‘ldi.
Bir so‘z
bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musul-
monlarning yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishdi.
Akbarshoh yuritgan bunday adolatli
siyosat boburiylar dav-
latining ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi
va amaldorlar tomonidan qo‘llab-quwatlanishida
katta rol
o‘ynadi. Bu esa, o‘z navbatida, imperiyaning qudrati va shon-
shuhratining yanada ortishiga xizmat qildi.
73
Akbarshoh Hindistonda yuritgan
adolatli siyosati tufayli
«Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor
bo‘ldi. U 1605-yilda vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: