necha marta qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur bo‘ldilar. Ular-
ning ichida eng mashhuri — Y. Pugachov boshchiligidagi
qo‘zg‘olon edi (1773—1775). Qo‘zg‘olon Yekaterina II tomo-
nidan shafqatsizlik bilan bostirilib, Y. Pugachov esa qatl etildi.
Rossiyaning tashqi siyosati.
Yekaterina
II davrida Rossiya tashqi siyosatda qator
yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Chu-
nonchi, Turkiya bilan urushda qozongan
g‘alabasi tufayli 1774-yilda uni Rossiyaga
qulay K uchukqaynarji shartnom asini
imzolashga majbur etdi. Unga ko‘ra,
Rossiya Qora dengiz bo‘yida harbiy Hot
qurish huquqini q o ‘lga kiritdi. Shu-
ningdek, uning savdo kemalari 0 ‘rta Yer
dengiziga olib chiquvchi Qora dengiz
bo‘g‘ozlaridan hech qanday to ‘siqsiz o ‘ta
olish huquqiga ega b o ‘ldi. 1783-yilda
Qrim xonligi qo‘shini tor-m or etildi va u Rossiya tarkibiga
qo‘shib olindi.
1791—1795-yillari Rech Pospolita (Polsha qirolligi bilan
Buyuk Litva knyazligining ittifoqi asosida tashkil topgan
davlatjning bir qismi ham Rossiyaga o‘tib ketdi.
Dostları ilə paylaş: