Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Mustaqil ish
«Angliya va Fransiya burjua inqiloblari» jadvalini to ‘ldiring.
T.r.
Davlatlar
Inqilob
boshlangan
yil
Inqilob
tugagan
yil
Inqilob amalga
oshirgan
tadbirlar
Inqilob
yakunlari
Tarixiy
ahamiyati
1.
Angliya
2.
Fransiya
17-§. XVI—XVIII asrlarda Germaniya imperiyasi
Iqtisodiy ahvol. 
Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda 
Angliya, Gollandiya va Fransiya kabi davlatlardan orqada 
edi. Flatto XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab iq­
tisodiy tushkunlik ham boshlandi. Bu, awalo, Germaniyaning 
300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik(davlat)larga bo ‘linib 
ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozorning 
vujudga kelishiga imkon bermadi.
Bundan tashqari, bu davrda dengiz savdo yollarining 
Atlantika okeaniga ko‘chganligi oqibatida Germaniya orqali 
o‘tadigan dengiz savdo yollari o‘z ahamiyatini ham yo‘qotdi. 
Holbuki, XVI asr o‘rtalarigacha Shimoliy Italiya va uning 
vositachiligida butun Sharqning G ‘arbiy Yevropa bozorlari 
bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o‘tardi.
Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy roli — uning 
mis ishlab chiqarish b o ‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab 
kelganligi bilan belgilanar edi. Mis savdoda asosiy vosita 
hisoblanardi. Biroq Amerikadan Yevropaga oltin va ku- 
mushning katta miqdorda keltirilishi Germaniya misining 
ahamiyatiga jiddiy putur yetkazdi. Shuningdek, nemis sanoat 
mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari bilan raqobat 
qila olmadi. Chunki Germaniyada manufaktura ishlab chi- 
qarishi faqat shahar bilan cheklanib qolgan edi. U qishloqqa 
yoyilmadi, ya’ni natural xo‘jalik munosabatlari hukm surgan 
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sanoat mahsulotlariga nis- 
batan talabni qondirmadi.
1524—1526-yillarda b o ‘lib o ‘tgan dehqonlar urushining 
mag‘lubiyatga uchrashi o ‘rta asr feodal munosabatlarining 
yana uzoq saqlanib qolishi va mamlakatda siyosiy tarqoq-
5 - Jahon tarixi
65


likning davom etaverishiga sabab b o ‘ldi. Va nihoyat, 
Yevropa davlatlari o‘rtasida kelib chiqqan 0 ‘ttiz yillik urushda 
(1618—1648) Germaniyaning mag‘lubiyatga uchrashi ham 
uning qoloqlik botqog‘iga botib qolaverishiga katta ta ’sir 
ko‘rsatdi. 0 ‘ttiz yillik urush natijasiga ko‘ra, Yevropada siyosiy 
gegemonlik Fransiyaga o ‘tdi.
Germaniya esa iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutdi. 
Siyosiy parokandalik yanada kuchaydi.
Siyosiy tuzum. 
G erm aniya rasm an yagona im periya 
hisoblanar, uni nomiga b o ‘lsa-da, imperator boshqarardi. 
Aslida esa uning birligi faqat qog‘ozda edi. 1806-yilgacha 
«Muqaddas Rim imperiyasi» deb atalgan bu imperiyada hatto 
yagona fuqarolik ham yo‘q edi. Aholi imperiyaning emas, 
balki knyazliklarning fuqarolari edi.
Gabsburglar sulolasidan b o ‘lgan Germaniya imperatori 
o‘zining Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real 
hokimiyatga ega emasdi. Imperiya Reyxstagi esa amalda 
barcha knyazliklarga majburiy bo‘lgan yakuniy qarorlar qabul 
qila olmasdi.
Qabul qilgan taqdirda ham u amalda bajarilmasdi. Bunday 
sharoitda har bir knyazlik nafaqat ichki ishlarda, balki tashqi 
siyosatda ham mustaqillikka intilganlar.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin