Yakobinchilar diktaturasining ag‘darilishi. K onventda
M. Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna tayyorlandi.
1794-yilning 27-iyulida Konvent unga qarshi ayblov e’lon
qildi va M. Robespyerni qamoqqa oldi. Shuningdek, Konvent
uni qonundan tashqari deb ham e’lon qildi. Bu — sudsiz qatl
etish degani edi. Hammasi bo‘lib yuzga yaqin kishi qatl etildi.
Shu tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi. Bu inqilobning
yakunlanishi ham edi. Hokimiyat tepasiga inqilob yillarida
boyib ketgan yangi boylar deb ataluvchi yirik buquaziya keldi.
U lar mulk va erkinlikni, tadbirkorlikni himoya qiladigan
Respublika tarafdori edilar.
1795-yilda Konvent yangi Konstitutsiya qabul qildi. U
mamlakatda respublika tuzumini mustahkamladi. Inqilobning
feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiq-
ladi. Mamlakatda ikki palatali parlament joriy etildi. 0 ‘z im-
tiyozlaridan to ‘la mahrum b o ‘lgan monarxiya tarafdorlari
bunga javoban 1799-yilda isyon ko‘tardilar. Ularning maqsadi
monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq general Napoleon Bo-
napart Konventning xaloskori bo ‘ldi. U isyonchilar kuchini
tor-m or etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo‘l
ochdi.
1799-yil 9-noyabrdagi davlat to‘ntarishi. Endi hukmron
doiralar Fransiyada Napoleondek qattiqqo‘l kishining hoki-
miyatini o ‘rnatish kerak, degan xulosaga keldilar va davlat
to ‘ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozilik
berdi. Ular 1799-yil 9-noyabrda Konventni Konsullik deb
ataluvchi hukumat tuzishga majbur etdilar. Uning tarkibi
3 kishidan iborat edi va ularning har biri «Fransiya Respub-
likasining
konsuli» unvoniga ega boMishdi. Uch konsuldan biri
63
Napoleon Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo‘lida
to ‘plandi.