XVIII asr oxirida ham Fransiyada hali sanoat to ‘ntarishi
ro‘y bermagan edi. Manufaktura ishchilariga faqat yakshanba
kuni korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi, xolos.
Ichki savdo bojxona chegara siquvi va har bir viloyatning
o‘zlari o‘rnatgan yo‘l solig‘idan aziyat chekkan. Buning us-
tiga, burjuaziya qanchalik boy bolm asin, u siyosiy huquqqa
ega b o ‘lm agan. D avlatni boshqarish am alda m am lakat
aholisining atigi 4 foizini tashkil etuvchi ruhoniy va zodagonlar
qo‘lida edi. U lar soliq to ‘lashdan ozod edilar. Mamlakat
qurolli kuchlarida zobitlik lavozim ini faqat zodagonlar
egallashgan. Butun mamlakatni boqayotgan uchinchi toifa,
shu toifaga kiruvchi buijuaziya ham mamlakatni boshqarish
ishiga yaqinlashtirilmagan.
Topshiriq
VII sinf «Jahon tarixi» darsligida o ‘rgangan Fransiyadagi aholi-
ning uch toifasini eslang va ularning nomlarini, исЫпсЫ toifani
kimlar tashkil etganligini qayt eting.
Mamlakatda mutlaq monarxiya hukm surardi. «Inson hu-
quqlari» tushunchasi qirollar uchun hech qanday ahamiyatga
ega emas edi. Bundan tashqari, Fransiya XVIII asr oxirlarida
tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi (13-§ ga
qarang). Bu esa uning xalqaro obro‘sini tushirib yubordi. Bu
hodisa mamlakat sarmoyasining katta qismi ulkan qo‘shin va
flotni saqlab turishga sarflanayotgan bir davrda yuz berdi.
Urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora
og‘irlashib bordi. Yuqorida qayd etilgan omillar Fransiyada
inqilob ro ‘y berishini m uqarrar qilib
qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: