Jahon tarixi


Yevropa davlatlarining urushga munosabatlari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Yevropa davlatlarining urushga munosabatlari. 
AQSH 
mustaqillik urashi davrida chetel davlatlari madadiga ham 
tayandi. 1776-yilda Benjamin Franklin Fransiyaga elchi sifa­
tida jo ‘natildi. Fransiyaning asosiy maqsadi, o‘zining azaliy 
va xavfli dushmani — Buyuk Britaniyani zaiflashtirish edi.
53


Shu tufayli Fransiya vaqtni boy bermay AQSFIga yordam 
ko‘rsata boshladi. Flatto bu ikki davlat o‘rtasida «Do‘stlik va 
Tijorat Bitimi», keyinroq esa «Ittifoq Shartnomasi» ham 
imzolandi.
Buyuk Britaniyaning zaiflashuvidan Ispaniya va Rossiya 
ham m anfaatdor edi. Shuning uchun ham ular AQSFIga 
nisbatan do‘stona yo‘l tutishdi. Bu esa AQSFIga ham harbiy
ham moddiy, ham ma’naviy madad bo‘ldi.
Urushning tugallanishi. 
AQSFI va Fransiya qo‘shinlari 
Buyuk Britaniya asosiy kuchlarini taslim etdi. N atijada 
Buyuk Britaniya muzokaralar boshlashga majbur b o ‘ldi. Shu 
tariqa urush tugadi. Tinchlik muzokaralari Parij shahrida 
o ‘tkazildi. Nihoyat, 1783-yilda AQSFI va Buyuk Britaniya 
o ‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, 
Buyuk Britaniya AQSFI davlatining tuzilganligi, uning 
mustaqilligi va suverenitetini tan oldi.
Davlat tuzumi. 
1787-yilda AQSFI Konstitutsiyasi qabul qi- 
lindi. Konstitutsiya AQSFIda respublika tuzumini o ‘rnatdi. 
Ijro etuvchi hokimiyatni 4 yil muddatga saylanadigan Prezi- 
dent boshqaradigan bo‘ldi.
Prezident keng vakolatlar (armiya va flotning Oliy bosh 
qo‘mondoni, xalqaro shartnomalar tuzish, barcha vazirlarni 
lavozimiga tayinlash hamda 
lavozimidan ozod qilish va 
hokazo)ga ega bo‘ldi. 1789-yilda Joij Vashington AQSFIning 
birinchi Prezidenti etib saylandi. Oliy Qonun chiqaruvchi 
hokimiyatning ikki palatali Kongress tom onidan amalga 
oshirilishi belgilandi. Yuqori palata «Senat», quyi palata esa 
«Vakillar palatasi» deb ataldi. Senatga har bir shtatdan ikki 
kishi, Vakillar palatasiga esa deputatlar shtatlar aholisining 
soniga mos ravishda saylanardi.
AQSFI Oliy Sudiga mamlakat qonunlari va Prezident 
farmonlarining Konstitutsiyaga mos kelishini nazorat qilib 
borish huquqi ham berildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin