Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 162,5 Kb.
səhifə10/15
tarix14.06.2023
ölçüsü162,5 Kb.
#130063
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1353766430 40234 2

Birinchi bosqich (1990 yil 1 iyul - 1993 yil 31 dekabr) - EI iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashkil topishi. EIni tashkil etish bo`yicha barcha tayyorgarlik ishlari ishlab chiqildi. Shuningdek, bu davrda EI ichida va EI bilan boshqa uchinchi mamlakatlar o`rtasida kapitalning harakatlanishi bo`yicha barcha to`siqlar olib tashlandi. EIga a`zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlarini yaqinlashtirish bo`yicha, shuningdek, inflyatsiyaga qarshi va davlat byudjeti siyosatini muvofiqlashtirish bo`yicha qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Ikkinchi bosqich (1994 yil 1 yanvar - 1998 yil 31 dekabr) a`zo-mamlakatlarni evroni qabul qilish bo`yicha harakatlari yanada aniqlashtirildi. Ushbu bosqichda, Yevropa Markaziy bankining(EMB) huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik holatini belgilash uchun Yevropa valyuta instituti tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur bosqichda:

  • a`zo mamlakatlarning markaziy banklari tomonidan davlat sektori korxonalariga yordam ko`rsatish hamda davlat qarzlarini sotib olishni ta`qiqlovchi qonunlar qabul qilindi; Xuddi shu ta`qiqlar EVI tashkil etilishining uchinchi bosqichiga kelib, EMBga tegishli bo`ldi;

  • davlat sektori korxonalarining moliya institutlarini mablag`laridan foydalanishdagi imtiyozlari bekor qilindi;

  • a`zo mamlakat davlat sektorining majburiyat-larini boshqa mamlakat yoki EI tomonidan olinishi ta`qiqlandi; Bu tadbir «kafolatlashdan bosh tortish to`g`risidagi
    kelishuv» degan nom oldi;

  • ishtirokchi-mamlakat davlat byudjetidagi taqchillikning me`yoridan (davlat byudjeti taqchilligi YAIMga nisbatan 3 foiz, davlat qarzlari YAIMga nisbatan 60 foizdan) oshirmasligi talabi qo`yildi;

  • zarur bo`lganda, markaziy banklarga xuddi EMB kabi maqom va mustaqillik berish qabul qilindi.

1998 yil 2 mayda Yevropa Ittifoqi EVIining uchinchi bosqichida qaysi mamlakatlarga evroga utishga ruxsat berish haqidagi qarorni qabul qildi.
Uchinchi bosqichda (1999-2002yy.)1999 yilning 1 yanvaridan boshlab, evro hududiga kiruvchi ishtirokchi mamlakatlarning milliy valyutalari evro kursiga nisbatan belgilandi, evro ularning umumiy valyutasi bo`ldi. U EKYuni ham 1:1 nisbatda almashtirdi. Ishtirokchi-mamlakatlar uchun yagona pul-kredit siyosatini yurituvchi EMB o`z faoliyatini boshladi.
Yagona pul-kredit siyosatining instrumentlari orqali, tijorat banklari va yirik kompaniyalarni evroda operatsiyalarni amalga oshirishi rag`batlantirildi.
1999 yilning 1 yanvaridan boshlab, hisob-kitoblar uchun, evro hududiga kiruvchi mamlakatlarning milliy valyutalarini evroga nisbatan qattiq kursi belgilandi:




Yüklə 162,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin