Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 162,5 Kb.
səhifə9/15
tarix14.06.2023
ölçüsü162,5 Kb.
#130063
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1353766430 40234 2

Ikkinchi tizim - bu «oltin deviz andozasi» (Brettonvud valyuta tizimi) bo`lib, u AQSH dollariga nisbatan valyutaning qattiq kursini o`rnatish (og`ishishlar chegarasi +1% oraliqda) orqali amal qilgan. AQSH dollarining kursi oltinga nisbatan qattiq o`rnatilib, dollar shu kurs bo`yicha oltinga konvertirlangan. Tizimning o`zi esa, «oltin deviz andozasi» degan nom oldi. Genuya tizimini, oltin tanga va oltin deviz andozalari o`rtasidagi oraliq tizim deyish mumkin.
Uchinchi jahon valyuta tizimi - Yamayka valyuta tizimi, suzib yuruvchi, almashuv kurslariga asoslangan bo`lib, «ko`p valyutali andoza», yoki boshqacha - SDR andozasi deb nomlanadi. Mamlakat belgilangan, suzib yuruvchi yoki aralash valyuta kurslarini tanlashi mumkin. Bu, shuningdek, valyuta inqirozlarini keltirib chiqarish xususiyatiga ham ega.
Jahon valyuta tizimlarining rivojlanish bosqichlarini quyidagi 2-jadval va 1-chizmalar orqali ko`rish mumkin. 3. YEVROPA VALYUTA TIZIMI
Yevropa valyuta tizimi - bu jahon (hududiy) valyuta tizimi bo`lib, u iqtisodiy integratsiya doirasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlarning umumiy yig`indisi; «umumiy bozor» mamlakatlari integratsiya jarayonlarini rag`batlantirish va valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir.
Yevropa valyuta tizimi - jahon valyuta tizimining (Yamayka) quyi shaklidir. G`arbiy Yevropa integratsiya majmuining o`ziga xos jihatlari, uning Yamayka valyuta tizimidan farqlanuvchi quyidagi tarkibiy tamoyillari bilan tavsiflangan edi:

  • Yevropa valyuta tizimi, evropa valyuta birligi - EKYuga asoslanadi;

  • Oltinning amaldagi zahira aktivlar sifatida ishlatilishi;

  • Valyuta kurslarining tartibi belgilangan, o`zaro tebranishlar doirasidagi valyutalarning «evropa valyuta iloni» shaklidagi suzishiga asoslanishi;

  • Yevropa valyuta tizimida valyutaning davlatlararo hududiy tartibga solinishi, markaziy banklarga valyuta interventsiyasi bilan bog`liq bo`lgan to`lov balanslarining vaqtinchalik taqchilligini qoplashga kreditlar ajratish yo`li bilan amalga oshiriladi.

EKYu bilan SDRning taqqoslama tavsifi, ularning umumiy va farqli jihatlarini ochib beradi. Umumiylik ularning: xalqaro hisob-kitoblarda jahon kredit pullar sifatidagi ko`rinishida; banknotlarda emas, balki naqd pulsiz shaklda amal qilishida; ular shartli qiymatini aniqlashda valyuta savati usulidan foydalanishda; schetlarda chegaradan ortiq saqlagani uchun emitentni mamlakatlarga foiz to`lashi zarurligi kabilarda namoyon bo`ladi. EKYu va SDRning farqli jihati sifatida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:

  1. EKYuning emissiyasi, SDRnikidan farqli ravishda, Yevropa valyuta ittifoqiga a`zo mamlakatlar oltin va dollardagi rasmiy zahiralarining 20 foizini birlashtirish orqali
    ta`minlangan edi;

  2. EKYuni emissiyasi SDRnikiga qaraganda egiluvchan edi. EKYuni chiqarish summasi oldindan rasmiy belgilan-magan edi va u Yevropa valyuta ittifoqiga a`zo mamlakatlar oltin-dollar zahiralarining o`zgarishiga qarab tartibga solingan; EKYuni
    emissiya hajmi SDRnikidan ancha yuqori edi;

  3. Valyuta savati nafaqat EKYuning kursini aniqlashga xizmat qilgan, balki u birorta xam xalqaro valyuta birligi bajarmagan hisob-kitoblarda valyutaning paritet setkasi
    vazifasini bajargan;

  4. EKYuning kurs tartibi, o`zaro tebranishlar doirasida («evropa valyuta iloni») birgalikda suzishga asoslangan edi. Bu EKYu va boshqa evropa valyutalarning
    barqarorligini ta`minlardi;

  5. SDRdan farqli ravishda, EKYu nafaqat rasmiy, balki xususiy sektorda ham qo`llanilgan. EKYu faoliyat doirasining kengayishiga quyidagi sabablar bor edi:

  • EKYu valyuta savati va «evropa valyuta iloni», valyuta riskini pasaytirardi;

  • xar qanday bank EKYuni valyuta savatiga mos ravishda «nazorat kila olardi». Bank o`z mijozi bilan kelishgan holda valyuta savatiga valyuta kushishi yoki undan olishi
    mumkin edi;

  • EKYU barqaror valyuta sifatida, mukobil jahon valyutasi hisoblangan nobarqaror dollardan ko`ra ko`proq jahon xo`jaligining ehtiyojlarini qondira olardi.

Bir-necha yil davom etgan kizgin tortishuvlardan so`ng, 1987 yilda valyuta integratsiyasining rivojlanishida muhim rol uynagan, Yagona evropa akti imzolandi. 1991 yil «Delor rejasi» asosida, valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni ko`zda to`tuvchi, Yevropa ittifoqi to`g`risidagi Maastrixt shartnomasi ishlab chiqildi. 1992 yilning fevralida Maastrixtda (Niderlandiya) 12 ta mamlakat tomonidan Yevropa ittifoqi shartnomasi ro`yxatdan o`tkazildi va 1993 yilning 1 noyabridan ishga tushdi. Keyinchalik EIiga Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya kushildi.
Maastrixt shartnomasiga asosan, iqtisodiy va valyuta ittifoqi uchta bosqichda amalga oshiriladi.

Yüklə 162,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin