Jamiyat falsafasi


TARAQQIYOTNING O‘ZBEK MODELI – JAMIYAT RIVOJINING TADRIJIY KONSEPSIYASI



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Falsafa 8 mavzu

TARAQQIYOTNING O‘ZBEK MODELI – JAMIYAT RIVOJINING TADRIJIY KONSEPSIYASI

O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o‘z milliy davlatchilik asoslarini 
mustahkamlash, o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanlash, rivojlanishning o‘zbek modelini 
yaratish imkoniga ega bo‘ldi.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli
– jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida. 
Ijtimoiy rivojlanishning o‘zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg‘or tajribasiga
milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi. Ijtimoiy rivojlanish 
borasida 
xalqlar
odatda 
ikki yo‘l
dan — 
inqilobiy
va 
tadrijiy
yo‘ldan borgan. Insoniyat tajribasi 
ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, 
jamiyatning tadrijiy (evolyusion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo‘li ekanini ko‘rsatdi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo‘li mohiyatini 
shunday izohlaydi: “Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evolyusion yo‘l bilan normal, madaniyatli 
taraqqiyotga o‘tish tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari 
buyuk sakrashlar, inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan — 
bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi xal qilishi lozim 
bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‘lishiga, aholining mehnat 
faoliyatiga bog‘liqdir”. 
O‘zbek modelning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 
- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; 
- davlatning bosh isloxotchi ekanligi; 
- qonun ustuvorligi; 
- kuchli ijtimoiy himoyalash; 
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‘l bilan o‘tish. 
O‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy 
qadriyatlarning qayta tiklanishi, o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi
milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik 
qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson xuquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o‘z 
ifodasini topmoqda. O‘zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. 
O‘zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda va uni o‘rganishga 
bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. O‘zbekona taraqqiyot yo‘li ma’naviy hayot va iqtisodiy 
rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga 
bo‘lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, 
inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin 
yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda 
zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin