Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan
alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim
yutug‘idir. Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va
usullari ham takomillashib boradi. O‘zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va
vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi.
Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining
tiklanishi bilan davlatning
tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Birinchi
prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o‘zbek modeli
konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o‘rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy,
xuquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar siyosiy boshqaruvni yanada
takomillashtirishga, yurtimizda xuquqiy demokratik
jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan
kuchli jamiyatga o‘tishga qaratilgandir. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar
ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin.
Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy xarakatlar,
kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli
jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari,
faxriylar uyushmasi, maxalla qo‘mitalari va boshqalar
kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha isloxotlar inson saloxiyatini yanada
yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish — O‘zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik
jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga
asoslanadigan demokratik
jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko‘pqirrali
aloqasi bo‘lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning
nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv,
sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy
davlatchilik xususiyatlari, o‘ziga xos
turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O‘zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki
yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: