ijtimoiy munosabatlar deyiladi .
Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi.
Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat,
ta’lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: - kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-
sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar
majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar.
Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagi qarashlar,
nazariyalar, ta’limotlar, g‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot
vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari
va boshqalar kiradi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy
hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar
(davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning
siyosiy-xuquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur
o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning
mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi
Gegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan,
L. Feyerbax din bilan bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan.
Fransuz mutafakkiri
O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy
taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks
jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan, barcha
ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy
ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni
amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday
nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko‘rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon ekani to‘g‘risidagi qarashlar AQSH faylasufi