Jamiyat falsafasi


ijtimoiy munosabatlar deyiladi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Falsafa 8 mavzu

ijtimoiy munosabatlar deyiladi

Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. 
Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, 
ta’lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
 
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: 
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-
sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar 
majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar. 
Jamiyatning ma’naviy hayotiga
olamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagi qarashlar, 
nazariyalar, ta’limotlar, g‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot 
vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari
 va boshqalar kiradi. 
Jamiyatning moddiy va ma’naviy 
hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar 
(davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning 
siyosiy-xuquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur 
o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar.
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning 
mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi 
Gegel 
jamiyatning
shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, 
L. 
Feyerbax
din bilan bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. 
Fransuz mutafakkiri 
O. Kont
jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy 
taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks 
jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan, barcha 
ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy 
ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni 
amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday 
nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko‘rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon ekani to‘g‘risidagi qarashlar AQSH faylasufi 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin