Qadrsizlanish
— muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining o‘z qadrini yo‘qotishi yoki
pasaytirishi jarayonini, insonning o‘z obro‘-e’tiborini, mavqeini yo‘qotishi, nazardan qolishi
ma’nosini anglatuvchi tushunchadir. Jamiyat taraqqiyotida sodir boladigan umumiy qadrsizlanish
birdaniga, bir kunda yoki to‘satdan emas, balki tadrijiy ro‘y beradigan jarayondir. Insoniyat
tarixida qadriyatlar tizimi qadrsizlanib ketgan davlatlar va imperiyalarning tanazzulga yuz tutgani,
yo‘q bolib ketgani ma’lum. Masalan, sobiq ittifoq hayotining oxirida, 80-yillarning oxirlarida
ilgari zo‘rlik bilan ushlab turilgan qadriyatlar tizimining butunlay qadrsizlanishi yaqqol ko‘rinib
qolgan edi. Oxir-oqibat, bu tuzum tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi. Qadrsizlanish
jarayoniga sabab boladigan ko‘plab omillai mavjud. Muayyan qadriyat yoki bir necha qadriyat
shakllarining haddan ortiq bo‘rttirib yuborilishi, mutlaqlashtirilishi yoki siyqalashtirilishi, ularga
noto‘g‘ri munosabatning muttasil siyosat usuliga aylantirilishi bunga sabab bolishi mumkin.
Bunday holda qadriyatlar o‘z mazmun-mohiyatini, odamlarning hayoti va faoliyati uchun umumiy
mezon, ularning intiladigan ideal yoki ularni muayyan maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar
qiluvchi mezon sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi.
Qadrsizlanish muayyan qadriyat, milliy manfaatlar, davlat siyosatiga ishonchsizlik, odamlarning
«nimalar»dandir hafsalasi «pir» bolishi, ko‘pchilikning ko‘ngli «qolishi» tarzida ham namoyon
bolishi mumkin. Har bir shaxs uchun jamiyatda o‘z atrofidagilar o‘rtasida o‘z qadrini yo‘qotish
odamiylikni yo‘qotish bilan barobar boladi. Shuning uchun har bir shaxs qadrsizlanish so‘zi
anglatadigan ma’nodagi xususiyat o‘zida shakllanib qolmasligiga intilishi zarur boladi.
Qadrsizlanish faqat shaxslar o'rtasidagina bolib qolmasdan, balki boshqa sohalarda ham ro‘y
berishi mumkin. Masalan, qimmatli qog‘ozlar, pullar, ashyolar ham qadrsizlanishi mumkin.
Bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablaglar va qimmatli qog‘ozlar misolida
ko‘rish mumkin. Ba’zan qadrsizlanish oqibatida ma’lum bir mamlakatlarda pullar va qimmatli
qog‘ozlarni isloh qilishga zarurat seziladi. Qadrsizlanish iqtisodning barcha sohalarini qamrab
olishi, muayyan davlat yoki butun jahon inqirozi tarzida ro‘y berishi mumkin. Bunday hoi
iqtisodiy bo‘hronga olib keladi va butun dunyoda umumiy muammolarni keltirib chiqarishi
shubhasiz. Mustaqillik va qadriyatlar tizimi o‘zgarishi. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda bu
mavzuga umuminsoniy tamoyillar asosida yondashish shakllandi. Istiqlol asrlar davomida
shakllangan o‘ziga xos sharqona va o‘zbekona qadrlash masalalari va me’yorlarini qayta tiklash
hamda zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishni kun tartibiga qo‘ydi. Zero, mustaqil
bo‘lmagan mamlakatning qadriyatlar tizimi hech qachon to‘kis bolmaydi. Mustamlaka
mamlakatning ma’naviy hayotida mustamlakachilarning qadriyatlari ustuvor bolishi aniq. Faqat
mustaqillikkina ushbu holatni tubdan o‘zgartiradi, mamlakatning qadriyatlar majmuasini jahon
tizimining teng huquqli va haqiqiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan ham istiqlol yangi
qadriyatlar tizimini shakllantirishni taqozo qildi. Bu zaruriyat esa qadriyatlarni qayta baholash,
yurtimizda sharqona, azaliy va umuminsoniy qadrlash mezonlari ustuvor bolgan hayot tarzini
shakllantirish jarayoni bilan uyg‘unlashib ketdi.
Dostları ilə paylaş: |