hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to‘g‘rida nihoyatda kam ma’lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli
qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlarimiz shitob bilan o‘zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug‘langan
partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay,
o‘tgan o‘n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O‘zbekistonda qadriyatlarga
e’tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda.
Aksiologiya
– falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon.
axios - qadriyatlar, logos – bilim: qadriyatlar haqidagi fan).
XX asrning boshida fransuz faylasufi
P.Lapi
qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun «
aksiologiya
» atamasini muomalaga kiritdi.
Qadriyatlar tushunchasi
insonning dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini
namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada
teranroq anglab etish imkonini beradi
. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin
egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan
qadriyatlar tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: