Jamiyat falsafasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Falsafa 8 mavzu

iboratki
,
 odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – mustaqil mohiyat 
sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan tashkil topgan mavjudot sifatida 
qaraladi
. Bu yondashuv, masalan, boqiy g‘oyalar dunyosida yashaydigan o‘lmas jon inson 
tug‘ilayotgan paytda uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib o‘rnashadi, uning o‘limidan 
keyin esa vujudni tark etib, yana g‘oyalar dunyosiga qaytadi, deb hisoblagan Platon falsafasida 


ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi Sharq falsafiy an’anasiga ham 
xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik 
konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson 
organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan 
o‘zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi
. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra, 
ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun etarli dalillar mavjud emas, 
shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar 
chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q.
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat biologik mavjudotmi 
yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi. U, hech shubhasiz, ham 
biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o‘zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan ustunroqmi va 
inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg‘in bahs-munozaralar predmetidir. Mazkur 
masalalar hanuzgacha o‘zining uzil-kesil echimini topgani yo‘q, hozirda mavjud turli biologik, 
psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
INSON TARIXNING YARATUVCHISI SIFATIDA
tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni 
ta’minlaydi. U o‘z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat 
va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat 
taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi, o‘z tarixini yaratadi, uni avaylab-
asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning xar tomonlama 
kamol topishi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani
vorislikning davomiyligini ta’minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va targ‘ib etishi 
kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi. 
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishini ruh bilan 
bog‘laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo‘lgan biror-bir xususiyatga alohida urg‘u bergan 
va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan.
Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor bergan va uni ezgulikni 
yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan. 
Vladimir Solovev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy 
kuchlarga sig‘inish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o‘zining tuban mayllari 
va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish 
va muqaddas kuchlarga sig‘inish insongagina xos. Inson tabiati — g‘oyat murakkab. Unda 
xayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy 
ruh va ma’naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko‘taradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin