idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy
hodisa. Har bir jamiyat mana shu so‘nggi turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila
buzilishi qancha kamaysa, u o‘sha jamiyatning axloqiy jihatdan
takomillashib borayotganini
anglatadi.
Qadriyatlar falsafasi — aksiologiyaning ko‘pdan ko‘p mavzulari mutaxassislarimizning
ilmiy izlanishlarida o‘ziga xos o‘rin tutmoqtsa. «Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir», — deb
yozgan edi Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday, «Qadriyat d‘zi nima?»
savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo‘lsa-da, o‘rganmoq lozim. Busiz
qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bolmaydi. Qadriyatlar mavzuining
tarixi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi
uzoq o‘tmishga ega. G‘arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g‘oyalariga
tayanadilar, ko‘plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G‘arbda qadriyatlar bilan
shug‘ullanadigan falsafiy soha — aksiologiya fanining shakllangani ham ularning bunday
qarashlari uchun muayyan asos boladi.
Biz
Suqrot va Aflotun, Aristotel va Gegellar katta e’tibor bergan bu mavzuning G‘arb
falsafasida o‘z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. Ammo ushbu mavzu ko‘hna va navqiron
Sharq, xususan O‘zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G‘arbdan emas,
balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli bolmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga
abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn Sino, Najmiddin Kubro,
Yassaviy, Naqshband, Ulug'bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar
ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda,
ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin
qilishdadir. Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarming tarixi eng qadimgi naqllar,
rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi.
Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risidagi
asarlarda, Alpomish, To‘maris va
Shiroq to‘g‘risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik
kabi ko'plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma’naviy merosimizning yorqin namunasi —
«Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lganligidan unda bu dinning qadriyatlar tizimi,
qadrlash mezonlari, o‘sha davrdagi milliy g‘oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash to‘g‘risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda
arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E’tirof etish kerakki, Qur’on
va Hadislarda ta’riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari xalqimiz tarixi va
madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko‘pgina milliy
qadriyatlarimizning yo‘qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to‘g‘rida Beruniy
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan. Sivilizatsiyamiz
qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash me’yorlari musulmon
Sharqi va arablar dunyosi
madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta’sir ko‘rsatgan. Tarixda nomlari saqlangan
allomalarimiz o‘z navbatida butun jahon, Sharq madaniyatiga g‘oyat katta hissa qo‘shganlar.
Bunday fikrni Abu Hanifa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy,
Naqshband kabi
ilohiyot ilmining zabardast allomalari to‘g‘risida ham aytish joiz. Ularning har biri o‘z zamonasida
islomni sivilizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ‘ib va tashviq etdilar, islom
falsafasini yuksaklikka ko‘tardilar, mazkur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo‘lishida
muhim faoliyat ko‘rsatdilar. Ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni zamona zayllari orasidan
o‘tish jarayoniga ko‘rsatgan nihoyatd katta ta’siri to‘g‘risida maxsus tadqiqotlar olib borish
mumkin.
Afsuski, manbalar yetarli bo'lishiga qaramasdan, yurtimiz sivilizatsiyasining islom dini
rivojiga va azaliy islom mamlakatlarining madaniyati taraqqiyotiga ta’siri to‘g‘risida yozilgan
asarlar haligacha kam, bu to‘g‘rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon
yetilgan. Masalaning muhimligi atoqli qomusiy olimlar — Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino,
al-Farg‘oniy, Ulug'bek, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi sivilizatsiyamizning zabardast namoyandalari
ijodi va merosi ko‘zgusida yanada yaqqolroq namoyon boladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo,
arab-musulmon sivilizatsiyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa
qo‘shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta’sirining butun olamga yoyilishida xizmat qilganlar. Afsuski,
dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan sobiq ittifoqda
qadrlashning umuminsoniy
tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan
tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat o‘tgan asrimizning 60-yillariga kelib,
qadriyatlar muammosi ba’zi mutaxassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bolsa-da, 90-
yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o‘z o‘rniga ega bolmadi. Hukmron
mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va
nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan maxsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi.
Aksiologiya nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki o‘quv
qollanma chop
etilmagan, hatto universitetlaming faylasuf, jamiyatshunos, tarixchi kabi mutaxassislar
tayyorlaydigan ijtimoiy bolimlarida ham bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi. «Qadr» va
«qadriyat» tushunchalari, qadrsizlanish muammosi. Qadriyatlar to‘g‘risida G‘arbda keng
tarqalgan «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta’limot) fani rivojlangan mamlakatlarda
inson qadri va haq-huquqlariga doir ko‘pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan
biri bolgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. 164 Bu borada «Qadr» tushunchasiga katta ahamiyat
qaratish lozim. U muayyan qadriyatning, ya’ni biron-bir narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning
inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir. «Qadr»
tushunchasi o‘zbek tilida serqirra ma’no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba’zi ibora va so‘zlarda
o‘ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Ana shu sababdan ham o‘zbek
tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini anglash, avvalo, qadrning
ma’nosini bilish orqali boradi. Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay
olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta’sirida uning qadri va
ahamiyati namoyon boladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini
baholaydi, qadriga baho beradi.
Qadriyatlar muammosiga bag‘ishlangan ilmiy-falsafiy manbalarning ko‘pchiligida
qadriyatni «baho»
tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir xil daraja va kolamdagi tushunchalar
sifatida qarash hollari uchraydi. Ayni paytda qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli
davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat
ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi.
Masalan, yurtni yov bosganda — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol,
urush
davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida — sihat-
salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi. Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash
borasida olimlar orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona nuqtayi nazar yo‘q. Ularni moddiy
va ma’naviy, umumbashariy va umuminsoniy turlarga bolish mumkin. Bu shakllar ham ularga
mos ravishda tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o'zaro uyg‘unlikda, qonuniy
boglanishda, umumiy aloqadorlikda namoyon boladi. Bunday hollardagi tahlil jarayonida ilmiy
bilishning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bolak kategoriyalarining
dialektikasiga asoslanish qol keladi.
Dostları ilə paylaş: