Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida o‘z holicha emas, balki vujudga kelgan qadriyatlarga
munosabatlar tizimi zaminida muhim o‘rin egallaydi.
Nikoh va oilaning kelib chiqishi va uning ijtimoiy mohiyati.
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi.
Chunki
har bir
jamiyat a’zosi, bo‘lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi.
Oila uch jihatni
: o‘zining
bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar
hamda ular haqidagi
g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi.
Nikoh va muhabbat. Avvalo, nikoh haqida to‘xtalib o‘taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish
shartlaridan eng muhimlari - nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga
etganliklari. Bizda yigitlar uchun - 18, qizlar uchun - 18 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu -
masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi - axloqiy tomoni ham borki, u muhabbat bilan bog‘liq.
Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq
sevgi - muntazam uchrashuvlar, ahdu
paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirish hollari bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda
ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Ba’zan
qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan, o‘zbeklarda
qizning yoki yigitning
roziligisiz to‘y qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi.
Ayniqsa, bunday gaplar sho‘rolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam
bo‘lgan, uni musulmonchilik inkor etadi.
Dostları ilə paylaş: