QADRIYATLARNING TURLARI. Ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga muvofiq odatda
qadriyatlarning
uch guruhi farqlanadi: moddiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va
ma’naviy qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar – Moddiy qadriyatlar jumlasiga inson mehnati natijasida yaratilgan
moddiy dunyo predmetlari, Shuningdek o‘tmish madaniy merosi predmetlari kiradi. Moddiy
qadriyatlar – bu tabiiy ne’matlar, mehnat mahsullarining iste’mol qiymati, ijtimoiy hodisalarda
mujassamlashgan ijtimoiy ne’matlar, tarixiy voqealar, madaniy meros, axloqiy ezgulik, go‘zalik
mezonlarigani qanoatlantiruvchi estetik hodisalar, diniy ibodat predmetlari yoki o‘zining muayyan
ramziy ifodasini topgan diniy g‘oyalar va sh.k. Moddiy qadriyatlar ongda emas, balki odamlar
hayot faoliyatida amal qiluvchi muayyan narsalar, hodisalar dunyosida mavjud bo‘ladi.
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar – bu ijtimoiy va siyosiy hodisalar, voqealar, siyosiy aktlar va
harakatlarning qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qatoriga, odatda,
siyosiy va ijtimoiy harakatlarda mujassamlashgan ijtimoiy imtiyozlar, Shuningdek jamiyatning
ravnaq topishi, xalqlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikning mustahkamlanishiga ko‘maklashuvchi
tarixiy voqealarning progressiv ahamiyati kiradi.
Ma’naviy qadriyatlar – bu Ma’naviy qadriyatlar qatoriga baxt-saodat, yaxshilik va
yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, huquqiylik va nohuquqiylik, tarixning
mazmuni va insonning vazifasi va hokazolar haqidagi me’yoriy tasavvurlar ko‘rinishida
ifodalangan ijtimoiy ideallar, mo‘ljallar va baholar, me’yorlar va taqiqlar, harakat prinsiplari
kiradi.
Moddiy qadriyatlar inson ehtiyojlari va manfaatlari ob’ektlari sifatida amal qilsa,
ma’naviy qadriyatlar ikki xil funksiyani bajaradi : ular qadriyatlarning mustaqil sohasi va moddiy
qadriyatlarni baholash asosi, mezonidir.