Jamiyat falsafasi


Q.Nazarov inson qadri haqida fikr yuritar ekan



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Q.Nazarov inson qadri haqida fikr yuritar ekan
, “
Qarilik iborasini insonga nisbatan 
biologik ma’noda ishlatish mumkin, ammo bu tushunchani inson qadriga va qadriyatlariga 
nisbatan ishlatish nojoiz. Zero, qarilik qadrsizlanish bo‘lmagani kabi yoshlik ham beqadrlik 
degani emas

5
deb ta’kidlaydi. Binobarin o‘z shaxsi va boshqalarning qadrini anglash uchun 
insonning ma’naviy dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi, 
uning o‘zi esa hayotning bebaho ne’mat ekanligini anglaydigan darajada tarbiyalangan bo‘lmog‘i 
lozim. 
Qadriyat voqelikning, ya’ni tabiat, jamiyat yoki madaniyat hodisalarining xossasi, degan 
fikrga qo‘shilsak, haqiqat va qadriyatning ayniylashtirilishi muqarrardir. Ammo aksiologiyaning: 
«
Baxt-saodat nima
?», degan asosiy masalasini birinchi bo‘lib ta’riflagan Suqrot haqiqat va 
qadriyat o‘rtasida jiddiy farqlarni ko‘rsatib bergan. Bilim baxt-saodatga erishishning muhim sharti, 
lekin u mazkur qadriyatga erishishning birdan-bir sharti emas. Bu hol shu bilan izohlanadiki, tabiat 
va jamiyat predmetlari va hodisalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni anglab etish yo 
amalda nima mavjudligi haqidagi bilim shaklida, yo bu borliq qanday bo‘lishi lozimligi, inson 
tabiatga va boshqa odamlarga nisbatan o‘zini qanday tutishi kerakligi haqidagi tasavvur 
ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. 
Birinchi holda
predmet haqidagi bilim uning haqiqiyligi 
yoki soxtaligi nuqtai nazaridan, 
ikkinchi holda
– predmetning qimmati, ya’ni uning inson uchun 
ahamiyati nuqtai nazaridan tavsiflanadi.
Qadriyatlar shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar 
odamlarni jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. 
Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini 
ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi jamiyat rivojlanishining o‘tish davrlarida, tub ijtimoiy 
o‘zgarishlar jamiyatda mavjud bo‘lgan qadriyatlar tizimlarida o‘zgarishlar yasab, odamlarni yo 
o‘zlari ko‘nikkan eski qadriyatlarni saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy 
tashkilotlar, harakatlarning vakillari tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan 
yangi qadriyatlarga moslashishga majbur etuvchi davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Qadriyatlar va mo‘ljallarni yo‘qotish yoki vujudga kelgan qadriyatlar tizimidan voz kechish esa 
muqarrar tarzda jamiyatning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishiga olib keladi.
Qadriyatlar – madaniyatning tizim yaratuvchi muhim omili. Qadriyatlar mazmuniga qarab 
butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. Shu sababli qadriyatlar nima, qadriyat va bahoning 
o‘zaro munosabati qanday, qaysi qadriyatlar inson uchun eng muhim va qaysilari ikkinchi darajali, 
degan savollar bugungi kunda olamshumul ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin