Jamiyat falsafasi


Rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz Muhammad



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Falsafa 8 mavzu

Rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz Muhammad 
alayhissalom uylariga sovchi kelganida
, qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar va rad 
javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, 
farzandning roziligini olish bizga Payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. 
Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi 
kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina fotiha qilinib, 
to‘y taraddudi ko‘riladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy 
muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan 
Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz na’munasi desa bo‘ladi. Ochig‘ini aytish kerakki, 
muhabbatning ham o‘z darajasi bor: Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga 
ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan-kam uchraydi. 
Buning ustiga, 
oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko‘proq yashirin tarzda namoyon 
bo‘ladi. 
Oilaning asosi bo‘lmish nikoh

ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot 
qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan ko‘rinishi.
Biroq 
sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo‘ladi. 
SHu jihatni nazarda tutadigan bo‘lsak, 
nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf-odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining 
yashash sharti deyish mumkin
. Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. 
SHu bois nikohga kirayotgan har bir kimsa bundan buyon o‘z erkining boshqa bir erk bilan kelishib 
yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan holda mavjud bo‘lishini anglab etmog‘i 
lozim. Bundan tashqari 
nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa
. Unda ehtiroslar axloqqa 
bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi, 
nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi. 
Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning o‘zaro chiqishmasligi haqida G‘arb 
mutafakkirlari tez-tez yozadigan bo‘lib qolganlar. Chunonchi, 
Erix Fromm
, industrial jamiyatda 
muhabbat kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanini, nikohning asosida boshqa - moliyaviy, 
siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini ta’kidlaydi. Umuman, G‘arb olamida bunday hodisa anchadan 
buyon mavjud. Shu jihatdan 
Jorj Bayronning «Don Juan» she’riy romanidagi quyidagi satrlar 
diqqatga sazovor: 
Bu juda qayg‘uli hodisa shaksiz, 
Insonning kajligi, jinoyati bu
Ildizi gar bitta bo‘lsa ham, hargiz 
Chiqishmas nikoh va muhabbat mangu. 
Sirkaga aylangan vinodek, esiz, 
Nikoh mast qilmovchi taxir, nordon suv, - 


Vaqt undan jannatiy bo‘yni oladir, 
Ro‘zg‘oru oshxona hidi qoladir.
6
Garchi bu satrlar yarim kinoya, yarim hazil tabiatga ega bo‘lsa-da, ularda ma’lum ma’noda 
hayotiy asos bor. Agar muhabbat har ikki tomondan e’zozlab, avaylab-asralmasa, undagi jannatiy 
bo‘yni yo‘qotib qo‘yish hech gap emas. Eng muhimi shuki, nikohdagi huquqiy holatning asosida 
muhabbat yotmog‘i lozim, o‘shanda bunday hollar ro‘y bermasligi shubhasiz. Ayni paytda 
dunyodagi hamma narsa-hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj ekanini unutmaslik 
kerak. 
OILAVIY MUHIT.
Oilaning mustahkam bo‘lishi, oila a’zolarining axloqiylik darajasi undagi 
muxitga bog‘lik. 
Qaysi oilada sog‘lom muhit, hukm sursa, uning ravnaki, baxtliligi ta’minlangan 
bo‘ladi


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin