(m. a. 540-470-yillar) (m. a. 490-425-yillar) (m. a. 544-483-yillar)
taʼlimotida u yoki bu darajada ko‘rib chiqilgan.
Mantiqqa oid fikrlar, tafakkur shakllari va usullari to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari, xususan, Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan bo‘lsa-da, qadimda mantiq falsafaning tarkibida bo‘lgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan.
Qadimgi Yunon mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ta’limotlar zamonaviy mantiqning asosi hisoblanadi.
Mantiqning shakllanish va rivojlanish tarixi
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi
miloddan avvalgi IV asrda yashab o‘tgan buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) ismi bilan bog‘liq.
(m. a. 385–323-yillar)
Aristotel bashariyat taraqqiyotining barcha sohalari: sotsiologiya, falsafa, siyosat, mantiq, fizikani qamrab olgan keng qamrovli falsafa tizimini yaratgan birinchi mutafakkir edi. Uning ontologiyaga oid qarashlari inson fikrining keyingi rivojlanishiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi.
M. a. 367-yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil oldi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi.
M. a. 343-yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi.
M. a. 335-yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi.
Aleksandr vafotidan soʻng, 323-yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu yerda yashadi.
Mantiq (logika) atamasi qadimgi yunoncha λογικος – “fikrlash ilmi” atamasiga mos keladi va “so‘z”, “fikr”, “mulohaza”, “nutq”, “aql” degan ma’nolarni anglatib, bilish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Mantiqning o‘rganish obyektini tafakkur tashkil etadi.
Formal mantiq statik voqelikga oid bo‘lib, tafakkur strukturasini fikrning aniq mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda o‘rganadi.
Dialektik mantiq dinamik voqelikga oid bo‘lib, tafakkurni uning mazmuni va shakli yaxlitligi va rivojlanishi orqali o‘rganadi.
Matematik mantiq tafakkurni matematik usullar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi
TAFAKKUR SHAKLLARI
obyekt va xodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakli.
tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish
mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakli.
obyekt va xodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim
belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakli.
Tushuncha
Mulohaza
Xulosa
1
2
3
MULOHAZALAR
Sodda mulohazalar
Murakkab mulohazalar
qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalaydigan mulohazalardir.
sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, ya’ni “va”, “yoki” kabi bog‘lovchilar, “emas” shaklidagi to‘liqsiz fe’llar yordamida hosil qilingan mulohazalardir.
Mulohazalar narsa yoki obyektlarning xususiyatlarini, tushunchalar o‘rtasidagi
munosabatlarni haqqoniy (to‘g‘ri) aks ettirsa, rost, aksincha, haqiqatga zid, noto‘g‘ri bayon
qilsa, yolg‘on mulohaza bo‘ladi.
Mulohazaning qiymati deganda, biz uning rost yoki yolg‘onligini tushunishimiz kerak.
Mantiqiy o‘zgaruvchi deganda, istalgan mulohazani anglatuvchi, “rost” yoki “yolg‘on”
mantiqiy qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar tushuniladi.
Qulaylik uchun “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatlarni belgilash usullarini keltirib o‘tamiz: