bo‘lgan o‘ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan
barcha tarkibiy qismlari moddiy ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mazkur
munosabatlar majmui bazisni, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi.
Shu asosda
jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi.
Jamiyatning umumiy iqtisodiy asosda shakllanadigan va «alohida, o‘ziga xos xususiyat»ga ega
bo‘lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deb belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarning o‘zgarishiga Marks pirovard natijada ishlab chiqarish kuchlari va ishlab
chiqarish munosabatlarining dialektikasi
bilan belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon
sifatida qaraydi.
G.Spenser
(1820-1903) jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning
fikricha, mazkur individlarning rivojlanishidagi farqlar jamiyat
evolyusiyasining dastlabki
shartlari hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser ularning
qobiliyatlari rivojlanish darajasining pastligi bilan tushuntiradi.
Eng moslashuvchan
jamiyatlarning yashash uchun kurashini ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni deb hisoblaydi. U
iqlim, tabiiy sharoitning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini o‘rgangan. Spenser yaratgan ta’limotni
keyinchalik sotsiologiyadagi geografik oqimlarning vakillari rivojlantirgan.
E.Dyurkgeym (
1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar tizimi bilan bog‘lagan, faqat
shu yo‘l bilan tarixni uning o‘ziga xos xususiyatiga muvofiq tarzda o‘rganish mumkin, deb
hisoblagan. E.Dyurkgeym ham qadriyatlarni jamiyat tuzilishini belgilovchi muhim omil deb
bilgan. Jamiyat tuzilmasini o‘rganishga nisbatan u strukturaviy funksionalizm nuqtai nazaridan
yondashgan. Jamiyat borliqning alohida sohasi bo‘lib, u o‘z qonunlariga muvofiq rivojlanadi.
Noijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan omillar jamiyat hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishga qodir emas.
Jamiyat tuzilmasiga Dyurkgeym o‘zaro ta’sirga kirishadigan va bir-birini vujudga keltiradigan
ijtimoiy dalillar majmui sifatida qaraydi. Ijtimoiy
dalillar sababini ongdan emas, balki bundan
oldingi ijtimoiy dalillardan qidirish lozim. Ijtimoiy tuzilma dalillarning ikki guruhidan tarkib
topadi:
birinchidan, u moddiy va ma’naviy qadriyatlarni, ikkinchidan, ijtimoiy jamoalarni o‘z
ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni
tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila, kasbiy guruh kabi jamoalarni,
shuningdek mehnat taqsimotiga muvofiq vujudga keladigan, ijtimoiy birlik (axloq, din)ni
ifoda
etadigan ijtimoiy institutlarni farqlaydi. Ijtimoiy jarayonda sababiyat ijtimoiy muhitning yuqorida
zikr etilgan elementlarining u yoki bu hodisani vujudga keltiradigan o‘zaro ta’siridir.
Dyurkgeym ijtimoiy evolyusiya mavjudligini qayd etadi va uni mehnat taqsimoti bilan
bog‘laydi. U rivojlangan mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va kooperatsiyani
yuksak darajada
uyushgan jamiyatning belgisi deb hisoblaydi. Mazkur jamiyat mehnat taqsimoti mavjud
bo‘lmagan arxaik jamiyatlardan ayni shu belgiga ko‘ra farq qiladi. Mehnat taqsimoti individlar
o‘rtasidagi farqlarni belgilaydi va shaxs shakllanishining omili hisoblanadi. U odamlarni o‘zaro
aloqadorlik tizimi bilan birlashtirib, ijtimoiy aloqalarga uyg‘un tus beradi.
Dostları ilə paylaş: