“Madaniyat” tushunchasi turli tillarda turli so’zlar, jumladan ingliz tilida “culture”, rus
tilida «kultura» so’zlari bilan ataladi. O’zbek tilidagi «madaniyat» so’zi arab tilidagi «madina»,
ya’ni shahar so’zidan kirib kelgan bo’lib, «shaharga xos», «shaharga oid» degan lug’aviy ma’noni
ifodalaydi.
G’arbiy mamlakatlarda keng ishlatiladigan «kultura» so’zi asli lotincha so’z bo’lib, qadimgi
Rimda dehqonchilikka oid «ishlov berish», «parvarish qilish» degan ma’noni bildirgan. Tuproqqa
ishlov berish – qishloq madaniyati – dehqonchilik madaniyati bilan bog’liq tushunchadir.
Sharq faylasuf olimlarining asarlarida madaniyat tushunchasi va madaniy taraqqiyotning
aniq ilmiy talqinlarini hamda chegaralarini ko’ramiz. XIV asrda yashagan arab faylasuf olimi Ibn
Xaldunning madaniyat bosqichlariga oid ilmiy tahlili diqqatga sazovordir. Uningcha, insoniyat
dastlab yovvoyilik holatida bo’ladi. Keyin u tabiiy olamdan ajralib chiqadi va ijtimoiylik kasb
etadi. Ibn Xaldunning ko’rsatishicha, insoniyat jamiyati doimo o’zgarib borib, taraqqiyot
jarayonida ikki bosqichni bosib o’tadi:
1. Bidava. 2. Xidara . Bu ikkala bosqich “insonlar yashashi
uchun qanday vositalar topishi”ga ko’ra, bir–biridan farq qiladi. Birinchi –
bidava bosqichida
odamlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilash shug’ullanadi. Ikkinchi –
xidara bosqichida
yuqoridagi mashg’ulot turlariga hunarmandchilik, savdo, fan va san’at qo’shiladi. Har ikkala
bosqich bir hudud doirasida bo’lishi mumkin.
5
Ibn Xaldunning fikricha, shaharda yo’q, kundalik
ehtiyojni qondiradigan hayot tarzi – dehqonchilik va chorvachilik ibtidoiy hayotni, hashamatli
hayot kechirish va shuning uchun harakat qilish, dabdabali hayot kechirish uchun intilish,
shaharlar barpo qilish sivilizatsiyani keltirib chiqardi.
6
XVIII –XIX asrlarda evropaliklar “kultura” so’zini ma’naviy–ruhiy ma’noda ishlata
boshlaganlar. Bu so’z insoniy sifatlarning mukammalligini anglatadigan bo’ldi.
Vaqtlar o’tishi bilan “madaniyat” tushunchasining hajmi kengayib, ta’rifi va tavsifi ko’payib
borgan. Amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonning 1952 yildagi
ma’lumotlariga ko’ra, madaniyat tushunchasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lgan, so’nggi
adabiyotlarda esa madaniyatning ta’rifi 500 dan ortiq
7
deb ta’kidlanadi.
“Madaniyat” tushunchasini ta’riflash uchun juda ko’p iboralar ishlatiladi. Jumladan,
qatorida “insoniyatning yashash tarzi”, “insonning jamiyatdagi to’laqonli faoliyati”, «inson
o’zining yashashi uchun yaratgan muhit», «yaxlit ijtimoiy organizm», “insoniyat yaratgan moddiy
va ma’naviy qadriyatlar majmui”, “ikkilamchi, ya’ni sun’iy tabiat”, “insonning ijodiy faoliyati
mahsuli”, “jamiyatning ma’naviy holati”, “shartli belgilar yig’indisi”, “me’yor va andozalar
majmui” va hokazo.
5
А.А. Игнатенько. Ибн–Халдун. М.: “Мысль”, 1980, стр. 64.
6
А.А. Игнатенько. Юқоридаги асар, 131–132–бетлар.
7
А.И.Кравченко. Культурология. Учебник. – Москва, 2005, стр.11
Madaniyatga berilgan ta’riflar orasida mashhur ingliz etnografi, antropologiyaning
asoschilaridan biri Eduard Taylor (1832–1917) ta’rifi eng mukammal deb hisoblanadi. Uningcha,