Siyosiy madaniyat
-
insonlarning siyosiy manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi
siyosiy - huquqiy g’oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat ma’naviy qadriyatlarga aloqadordir. Bu
madaniyat turi tarixiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlariga,
jamiyatning siyosiy faoliyatiga bog’liq holda vujudga keladi.
Siyosiy madaniyat inson
faoliyatining bir ko’rinishi bo’lib, uning tabiatida qayta yaratish va uni tarbiyalash jarayonlarini
qamrab oladi.
Siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatga ta’sirida
namoyon bo’ladi. Ma’naviy tomondan esa tabaqalashtirilgan ijtimoiy munosabatlarni anglab etish,
dasturlar ishlab chiqish, muayyan siyosiy g’oyalarni targ’ib qilishni nazarda tutadi. Mafkura,
siyosiy tajriba va an’analar,
siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat kabilar siyosiy madaniyatni
hayotga tatbiq qilish omillaridir.
v
Dostları ilə paylaş: