) Kasb mahorati madaniyati : aniq mehnat turi bilan bog’liq maxsus nazariy bilim va
amaliy ko’nikmalar yig’indisidan iborat.
g)
Pedagogik mahorat madaniyati – ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni mazkur
jamiyatdagi yosh avlodga etkazishdan iborat.
d)
Ekologik madaniyat – inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bu soha
madaniyatshunoslikka oid tadqiqotlarda eng faol rivojlanib borayotgan sohadir. Ekologik
madaniyatga ayniqsa G’arb olimlari alohida yondashib, atrof muhit omillaridan kelib chiqqan
holda madaniyatning turli shakllarini tahlil qiladilar. Bu tahlillarga binoan, madaniyat tabiiy
sharoitlarga ko’nikish vositasi sifatida tushuniladi. Xo’jalikning, yashash binolarining, mehnat
qurollarining, kiyim va urf–odatlar ma’lum darajada iqlim, geografik joylashuv, o’simliklar va
hayvonot olami, temperatura va boshqa ob’ektiv sabablar bilan belgilanadi. Jumladan, Osiyo va
Afrikaning sahro va cho’l hududlarida sult mahsulotlari go’sht mahsulotlariga qaraganda muhim
o’rin egallaydi. Dunyoning boshqa hududlarida esa o’simlikdan tayyorlangan ovqat go’shtli
ovqatlarga nisbatan yuqori o’rinda turadi. Keyingi bir necha yuz ming yil davomida insonlarning
oshqozon–ichaklari uzunligi qisqarib ketdi. Olovda pishirilgan ovqatning hazm bo’lishi xomini
hazm qilishga nisbatan osonroq bo’lib qoldi, taraqqiyot bu vaziyatni hisobga oldi. Ovqat hazm
qilish a’zolarining solishtirma og’irligi qisqarishi esa boshqa a’zolarning rivojlanishiga yaxshi
imkoniyat yaratib berdi, a’zolarning qon bilan ta’minlanishi yaxshilandi. Balki, bu holat inson
miyasining taraqqiyotiga ham ta’sir ko’rsatgan bo’lishi mumkin.
Umuman, insoniyat er yuzida olg’a siljishi natijasida uning tabiat bilan yoki ma’lum
geografik sharoit bilan bog’liq xo’jalik–madaniy ko’rinishi paydo bo’lgan. Insonlar ma’lum
geografik sharoitga mos tarzda yashash tarzini yaratganlar.
Ko’rinishlari bo’yicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi:
a)