Jamiyat falsafasi


Inson — falsafaning bosh mavzusi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Inson — falsafaning bosh mavzusi
.
Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni 
falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha 
talqin etib kelingan. Shunday bo‘lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va 
madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy 


mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan 
sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish 
imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay 
olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi 
mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli ko‘rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim 
falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin.
Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib 
yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan “
O‘z-o‘zingni angla
”, degan 
ibora ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, 
hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson 
borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat 
qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat 
shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va 
falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta 
murakkab, «boqiy» falsafiy masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Xususan, qadimgi xitoy 
faylasufi 
Lao Szi fikriga ko‘ra
, “boshqalarni biluvchi oqil, o‘zini biluvchi donishmanddir”. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin