chiqadi. Vaholanki, safroni ko‘rish mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, olchab ham
bolmaydi.
Moddiylikka asoslangan qarashlarga ko‘ra, ong in’ikosning oliy shaklidir. Xo‘sh, in’ikos
deganda nima tushuniladi. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo boladi. Bumng uchun esa, hech
bolmaganda,
ikkita narsa, jonzotlar, ya’ni obyektlar bolishi va ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir sodir
bo‘lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, har qanday narsalarning u bilan ta’sirlashuvda bolgan
boshqa narsalarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bogliq xossasiga in’ikos deyiladi.
Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u o‘ziga xos xususiyatga
egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq
qiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb
etadi. Shu bilan birga, notirik tabiatda in’ikos passivligi,
tirik tabiatda esa, faolligi bilan ajralib
turadi. Tirik tabiatda in’ikos tashqi ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi
axborotli in’ikos shaklini oladi. Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi tirik tabiatning har bir
darajasida
yanada murakkablashib, o‘ziga xoslik kasb etadi. Mana shunday murakkablashuv
jarayoni psixik in’ikosning shakllanishiga zamin yaratdi. Aynan psixik in’ikos darajasida
voqelikka aktiv munosabat ham shakllanadi, in’ikosning ilgarilab borishidan esa, o‘z navbatida,
uning o‘ziga xos, yuqori shakli bolgan ongning paydo bolishiga imkoniyat yaratdi.
Odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuyidan
iborat bolib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi va rivojlanadi. Uning
sohiblari — subyektlari alohida olingan shaxslarning hayotiy tajribasi, qiziqishlari, qobiliyatlari,
bilimlari, hayotda egallangan mavqelari hech qachon bir xil bolmaydi.
Odatiy ongda nazariy
bilimlarga dalil va asos bolib xizmat qiladigan elementlar boladi. Olimlar, san’atkorlar turli
nazariyalar, badiiy obrazlar yaratishda hayotiy-kundalik ongga asoslanadilar, undan ma’naviy oziq
oladilar.
Odatiy ongda xalq donishmandligi, an’ana va urf-odatlar,
kundalik turmush qoida va
talablari, tabiat haqidagi bilimlar, Shuningdek turli uydirmalar, noto‘g‘ri qarashlar ham o‘z
ifodasini topadi. Ko‘p asrlik hayotiy tajribani ixcham shaklda o‘zida mujassamlashtirgan xalq
maqollari bunga misol bola oladi. Odatiy ong sof holda uchramaydi. Chunki,
inson farzandi
murg‘aklik davridanoq o‘z atrofidagilar, so‘ngra kitoblar, ta’lim tizimi yordamida inson zakovati
erishgan ilmiy bilimlarni ham o‘zlashtirishga kirishadi. Boshqacha aytganda, sodir bolayotgan
voqealarga nafaqat o‘z tajribasi, balki ilmiy bilimlar nuqtayi nazaridan ham baho bera boshlaydi,
nazariy ong ta’sirida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: