Jamiyat falsafasi


Inson — Yaratganning mo‘jizasi, falsafaning bosh mavzusi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Inson — Yaratganning mo‘jizasi, falsafaning bosh mavzusi
. Inson muammosi 
falsafaning azaliy mavzularidan biridir. Odam zotining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi, 
tabiat va jamiyatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyatlari to‘g‘risidagi masalalar hamma 
davr fayJasuflarining diqqat markazida turgan. Fan sohasida odamning jismoniy tuzilishi, tabiiy-
biologik xususiyatlarini o‘rganish hamon davom etmoqiia. Ijtimoiy fanlarda esa shaxs kamoloti, 
ijtimoiy, ma’naviy qiyofasi bilan bogliq jihatlari tadqiq qilinmoqda. Xullas, odamzod uchun o‘zi 
va o‘ziga o‘xshagan boshqa kishilar, ularning xususiyatlari, jamiyatdagi o‘rni, qadri, o‘tmishi va 
kelajagi bilan bog‘liq muammolar azal-azaldan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bolib 
kelmoqda.
Suqrotning «O‘zligingni angla», «O‘zingni bilsang, olamni bilasan» degan hikmatli so‘zlari 
har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati 
mujassamlashgandir. Ulug‘ mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni «kichik olam» deb 
hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. 
Umuman olganda, insonga daxldor bolmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning oglrini yengil 
qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bolgan 
fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.
Bu borada «Odam», «inson», «shaxs» tushunchalari qollaniladi va ularni kundalik hayotda 
qariyb bir xil ma’noda ishlatish hollari uchraydi. Ammo ular orasida ilmiy jihatdan muayyan 
farqlar ham yo‘q emas. «Odam» tushunchasi biologik va ijtimoiy jihatlarni o‘zida 
mujassamlashtiradigan tirik jonzotga, odam zotiga nisbatan ishlatiladi. Odam zotini boshqa 
jonzotlardan farq qiluvchi eng muhim belgilari ong, axloq, xulq, bilim, ijtimoiy mehnat qila olish 
qobiliyati va boshqalardir. «Inson» tushunchasi esa odam zotini muayyan darajadagi ijtimoiy 
xususiyatlar va jihatlarni o'zlashtirib olganligi bilan bogliq kamolot darajasini ifodalaydi. 
Ijtimoiylik «shaxs» tushunchasi uchun ham asosiy xususiyatdir, ammo bunda ijtimoiy jihatdan 
ma’naviy-axloqiy kamolotga yetganlik tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda inson va shaxsga nisbatan 
rang-barang ta’riflarni, turli xil talqinlarni uchratish mumkin.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin