bolib kelgan. M.Monten o‘z vaqtida «Dunyoda eng muhimi o‘zlikni saqlashdir»,
deb bejiz
yozmagan.
Binobarin, biz o‘z manfaatlarimiz sohasini o‘rganishimizga qarab, asosan
shaxsiy
moljallarimiz chegarasidan chetga chiqamiz va o‘zimizdan boshqa narsalarni, bizni qurshagan
muhitni ko‘ra boshlaymiz. Inson ekologiyasi to‘g‘risida so‘z
yuritganda, inson
populyatsiyalarining real turmush tarzini o‘rganishni nazarda tutish lozim. Bu yerda nafaqat
insonning jismoniyligi, u yashaydigan moddiy muhit, balki ma’naviyat ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Zamonaviy fanlarda bu borada «Ekosofiya» atamasi qo‘llanmoqda. U yangi atama bolib,
shaxs xulq-atvorini belgilaydigan va uning o‘zligini saqlash xususiyatini ta’minlovchi shaxsiy
qadriyatlar majmuyi hamda shu asosdagi dunyoqarashni anglatadi. Ekosoflyaning kategoriyalar
tizimiga o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va qadriyatlar tizimidan tashqari, o‘z-o‘zini tinimsiz
o‘rganish ham kiradi. Uning eng yetuk shaklini I.Kantning mashhur savollarida ko‘rish mumkin:
«Inson nima? Men nimani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman? Men nima qilishim
kerak?» Bular umuminsoniy muammolar ro‘yxatiga kiritilgan umumiy olamshumul savollardir.
Ammo yashash jarayonida vaziyatga qarab muayyan savollar tug‘ilishi ham mumkin.
Inson har safar o‘z ahamiyatini teran his etganida muayyan qobiliyatlarini faollashtiradi.
Inson mohiyati befarqlik holatida bolganida (inson ko‘pincha bu holatni o‘zi xohlagan holat
sifatida qabul qiladi), ongning barcha imkoniyatidan foydalanilmaydi. Har qanday tanglik yoki
mushkul muammo
soat bongi sifatida yangrab, odamni mudroq uyqudan uyg'otadi. Insonning
«ихlab yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‘otish» muhim vazifa. Ko‘pgina odamlar shu asosda
«o‘z ichidagi xira tortgan chiroqni qayta va yorqinroq yoqishni o‘rganadi». O‘z qobiliyatlarini
mumkin qadar kengaytirish uchun zarur darajasiga erisha olmaslik insonning asosiy muammosi
hisoblanadi.
Inson evolyutsiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengaytirish va axloqiy qadriyatlarini
takomillashtirish sohasiga tatbiqan hal qilinadi. Inson o‘z ichki birligi,
doimiy egasini anglab
yetishi lozim. Evolyutsiya yo‘lidagi birinchi qadam — o‘z-o‘zini o‘rganish. Bunda salbiy
emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar
mavjud ekan, uning birligi, ongi, irodasi rivojlana olmaydi. O’-o‘zini rivojlantirish uchun inson
o‘zini kuzatishni, o‘zining foydali va zararli jihatlarini farqlashni o‘rganishi lozim.
Shaxsda
yuzaga keluvchi qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning rivojlanishini yo‘lga soladi
va nazorat qiladi.
Xullas, odam zotining ona zamindagi hayoti, inson umri, uning ma’nosi, shaxs kamoloti
bilan bogliq masalalar tavsifi va ularga nisbatan yondashuvlar xilma-xilligi davom etmoqda.
Insonning
imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida yangi qarashlar paydo
bo‘lmoqda. Lekin bir narsa aniqki, haligacha hech kim bu masalalarda nima asl haqiq it, nima
ikkilamchi, nimaning ahamiyati boshqasinikidan ko‘p yoki kamligi haqida mutlaq to‘g‘ri va
hamma tan oladigan xulosaga erisha olgani yo‘q. Balki buning iloji ham yo‘qdir va bunday haqiqat
kerak ham emasdir. Agar bunday haqiqatlarga erishilsa doimo yangilikka, kashfiyotlarga
intiladigan inson uchun bu dunyoning qizig‘i ham qolmasligi mumkin. Bu esa odam zoti mavjud
ekan uning uchun o‘zi
va boshqa odamlar, ularning hayoti, faoliyati, insonlar orasidagi
munosabatlar, aloqalar, shaxsning olamdagi va jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq masalalar azaldan
to abadgacha mavjud va dolzarb bolib qolaverishidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: