Jamiyat falsafasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Falsafa 8 mavzu

teokosmizm
atamasiga ham duch kelish mumkin. Ba’zan inson, umuman, insoniyat rivojlanishining yangi 
darajasi o’zamrligini asoslash uchun ayni shu kosmik aqlga murojaat qilish talab etiladi. Oliy 
kosmik aql faollik, cheksiz harakat va rivojlanishning bosh negizi sifatida qabul qilinadi.
Sotsiotsentrizm ta’limoti madaniy-sivilizatsion omillarga suyanadi. Bu yerda inson o‘zi 
yashaydigan ijtimoiy-madaniy muhit mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsiotsentrizmga eng 
yaqin tushuncha sifatida amal qiluvchi kulturotsentrizm inson madaniyat mazmuni orqali o‘z 
ma’nosini kasb etadi, degan tezisni himoya qiladi.
Antropotsentrizmning ziddi — insonga geologik kuchlardan biri sifatida qaraydigan 
yondashuv dezantropotsentrizm deb ataladi. Hozirda ancha mashhur bolgan bu yondashuv insonni 
uning ustun mavqei va o‘rnidan mahrum etadi, hech narsa bilan cheklanmagan o‘zboshimchalik 
oqibatlari haqida o‘ylashga majbur qiladi. Insonni o‘zi yaratgan texnokratik, sun’iy dunyo bilan 
universal evolyutsion rivojlanishga boglashdan iborat bolgan masala koevolyutsiya muammosi 
sifatida namoyon boldi.
Falsafiy qiziqishlari markazida tabiat va inson mohiyati to‘g‘risidagi masala turuvchi fan 
«Falsafiy antropologiya» deb ataladi. U ekzistensiya g‘oyalariga qarab moljal oluvchi 
faylasuflarning fikr-mulohazalariga juda boy. Antropologik yondashuv inson borlig‘ining o‘ziga 
xos xususiyatlarini aniqlaydi, insonning ekzisensial tahlili bilan shug‘ullanadi. «Ekzistensiya» 
tushunchasi tadqiqotchining fikrini, avvalo, inson qilmishlari va azob-uqubatlarida namoyon 
boluvchi inson hamda dunyo aloqalarini izlash, aniqlash tomonga yo‘naltiradi.
Hozirgi zamon G‘arb falsafasining yo‘nalishi sifatidagi falsafiy antropologiya dastlab nemis 
faylasufi va sotsiologi M.Sheler (1874-1928) asarlarida ishlab chiqilgan va germaniyalik faylasuf 
X.Plesner (1892—1985), nemis mutafakkiri A.Gelen (1904—1976) asarlarida rivojlantirilgan.
Shaxsni umumbashariy rivojlanishning asosiy mazmuni deb e’lon qiluvchi personalizm uni 
o'rganishga nisbatan ancha murakkab yondashuvlarni taklif qiladi. Shaxs o‘z mohiyatini muqarrar 
tarzda o‘zidan tashqarida ko‘radi, bu —eksteriorizatsiya, u teran ichki me’yor va moljallardan 
oziqlanadi, bu — interiorizatsiya. Nihoyat, shaxs o‘z real empirik mavjudligining tor 
chegaralaridan olib, oliy qadriyatlar: haqiqat, ezgulik va go‘zallikka intiladi, bu — 
transtsendensiya.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin