Demak, bunda kompleks yondashuvgagina umid qilish mumkin. Bu
yondashuv inson tabiatini
tushunishning butun ratsionalistik an’anasi hamda ezoterik tafakkur imkoniyatlaridan foydalanish
hisobiga insonni o‘rganish chegaralarini ancha kengaytirish imkonini beradi.
Hozirgi zamon fani inson hodisasini o‘rganishga tabiatshunoslik va jamiyatshunoslikka oid
bilimlar sintezi asosida yondashishni taklif qiladi. Bunda inson ijtimoiy xulq-atvorining ijtimoiy-
biologik asoslarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Hozirgi fanlarda inson va oliy hayvonlar
xulq-atvori o‘rtasidagi o‘xshashliklarning samaraliligi keng muhokama qilinmoqda. Ijtimoiy
biologiya darvinizm prinsiplari va tushunchalari, chunonchi,
tabiiy tanlanish, evolyutsiya
jarayonini populyatsion genetika qonuniyatlari universalligining adaptogenezi sifatida tushunishni
qabul qilish zarurligini qayd etmoqda. Insonni bilishning tabiiy-ilmiy metodlariga yon bosish
insonshunoslikning biologiyaga boglanib qolishiga olib kelishi mumkin. Tabiiy fanlar sohasida
erishilgan yutuqlarga e’tiborsizlik esa insonni real o'rganishda uncha foydali bo‘lmagan abstrakt
va spekulyativ modellarning tuzilishiga olib keladi. Inson haqidagi
flkrlar inson tabiati va
mohiyatini farqlash zarur, degan xulosaga olib kelgan. Bu yerda aniq chegara bolishi mumkin
emas, Chunki inson doim olam jumbog’i, uning ochilmagan siri bolib kelmoqda. Lekin, shunga
qaramay, fanda inson qobiliyati va sifatlari majmuyini uning tabiati bilan boglab o‘rganish qabul
qilingan. Aqllilik, muomala qilish va ijtimoiy hayot kechirish
qobiliyati insonning asosiy
xususiyatlari hisoblanadi. Inson mohiyati esa, o‘z tabiatining teran o‘zagi, faqat «insongagina xos
bolgan» jihatlar yoki insonni oliy hayvondan farqlash imkonini beruvchi sifatlar bilan bogliq.
Inson mohiyati nimada, degan savolga mutafakkurlar har xil javob beradi. «Inson mohiyati ayrim
individga xos bolgan mavhum narsa emas. Amalda u barcha ijtimoiy munosabatlar majmuyidir»,
degan ta’rif insonning ijtimoiyligini odamzodning eng muhim va asosiy negizi sifatida qayd etadi.
Bu yondashuv butun insoniyatning yagona teran mohiyati va aniq qayd etiladigan inson tabiati
mavjudligini inkor etuvchi falsafiy antropologik relyativizmning amaldagi muqobilidir. Inson
haqida oddiy odamlar orasida so‘z yuritilganida, odatda, mohiyat — tug‘ma,
shaxsiyat -
o‘zlashtirilgan sifat ekanligi qayd etiladi. Shaxsiyatdan farqli o‘laroq, mohiyatni osongina
yo‘qotish, o‘zgartirish yoki buzish mumkin emas. Shart-sharoitlarni o‘zgartirish orqali shaxsiyatni
deyarli to‘liq o‘zgartirish mumkin. Shaxsiyat yo‘qolishi yoki o‘zgarishi mumkin. Mohiyat inson
jismoniy va aqliy holatining negizi hisoblanadi. Shaxsiyat o‘zlashtirilgan sifatlardan tashkil topadi.
Shaxsning shakllanishida imitatsiya — taqlid yo‘li va tasavvur muhim ahamiyatga ega. Mohiyat
shaxsiyatdan ustun bolsa, odam o‘zi uchun foydali narsalarni afzal ko‘radi, shaxsiyat mohiyatdan
ustun bolgan holda esa o‘zi uchun zararli narsalarni afzal biladi, degan g‘ayrioddiy
yondashuv
ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: