Jamiyat falsafasi


Insonning psixik xususiyatlariga



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Insonning psixik xususiyatlariga
ruhiy kechinmalar, xayratlanish, g‘am-tashvish, qayg‘u, 
iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni 
tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o‘z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini 
ta’minlaydi. Insonga xos bo‘lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun qo‘yish 
yoki psixologik xususiyatlarni bo‘rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka 
olib keladi.
SHARQ FALSAFASIDA INSON.
Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan 
sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy 
bog‘liq deb qaraladi. 
«Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oila, jamiyat, davlatda 
rioya qilish inson hayotining muhim ma’nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan 
me’yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va Shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat 
yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan 
o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun 
o‘zini kamol toptirishi lozim.
Shu ma’noda mashhur qadimgi 
xitoy faylasufi Konfutsiy
(mil. av. 551-479 yillar)ning 
fikrlari diqqatga sazovor bo‘lib
, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va 
tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) 
barkamollikning eng so‘nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va 
samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson 
to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni 
boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»
2
.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya’ni 
antropotsentrizm xosdir
. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining 
pirovard maqsadi deb e’lon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday 
mayllar yo‘qoladi va ichki uyg‘unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram 
emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. 
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta’limoti – jaynizm 
nuqtai nazaridan inson o‘zining ma’naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va 
boshqarishga erishish uchun uzoq va og‘ir yo‘l – jonning erkinlaShuvi yo‘lini bosib o‘tishi lozim.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin