ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan
o‘tgan.
Beqarorlik
ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir
ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish davrida keskinlashishi
mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o‘zgarishlarda,
qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning
yo‘qolishida, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo
bo‘lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish
qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o‘z ifodasini topadi. Jahon
tajribasi har bir mamlakat va xalqning o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlash xuquqiga ega bo‘lishi umumiy
xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: