Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


Demografik modellar bo‘yicha bashoratlash



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə30/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Demografik modellar bo‘yicha bashoratlash

Statsionar aholi modelida tug‘ilshi intensivligi va o‘lish tarkibi o‘zgarmas bo‘lib, aholi migratsiyasi bo‘lmaydi. Demak, statsionar aholi modeli tug‘ilish va o‘lishlar sonini tenglashtiradi, tabiiy o‘sish nolga teng na ayrim yosh guruh kishilar soni doimiy bo‘ladi. Bunday model bironta jamiyatada bo‘lmagan.
Ammo statsionar aholi modeli zamonaviy aholi rivojlanishining kelajagini tadqiq, qilishda, ma’lum sharoitda faqat abstrakt rol emas, balki ko‘p hollarda amaliy rol ham o‘ynaydi. Uning ahamiyati aholining takror paydo bo‘lish jarayonini o‘zaro tartibga solishga bo‘lgan qiziqishining ortishi natijasida yanada ortadi.
Taniqli demograf R.Pressa o‘zining «Aholichilik va uni o‘rganish» nomli asarida: «Amaliyotda hech qachon va hech qayerda statsionar modeli to‘g‘ri kelgan aholi bo‘lmagan, ammo o‘ylash mumkinki, aholi ayrim guruhlar evolyutsiyasi ma’lum davrlarda statsionar modelga yaqinlashgan».
Vafot etish jadvallari bo‘yicha X yoshdan H+1 yoshgacha yashovchilar soni bo‘lishi, statsionar modelni tuzish mumkin. Agar H+1 yoshgacha yashovchi ayollarning jadvaldagi sonini asosiy son sifatida qabul qilinsa, u holda mos erkaklar sonini doimiy koeffitsiyentga ko‘paytirib aniqlash mumkin, bu koeffitsi­yent yangi tug‘ilganlar orasidagi jinslar nisbatini anglatadi. Aholining ko‘p to‘plamlarida bu nisbatlar o‘zgarmaydi. Tuzatish kiritish lozimligi shundan kelib chiqadiki, vafot etish jadvallarini tuzishda erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham asos sifatida 100 000 olinadi, shu bilan bir vaqtda tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga nisbatan har doim birdan yuqori bo‘ladi.
Agar har yili tug‘ilgan sonini N,shu jumladan, N o‘g‘il bolalar va 1-V qiz bolalar soni bo‘lsa, u holda X yoshgacha yashayotganlar soni L ni tashkil etadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘rtacha aholi sonini hisoblashda X yoshga tayanish lozimligini ko‘rsatadi.
Statsionar aholining umumiy sonini quyidagicha yozish mumkin:
L X-yoshgacha yashovchilar soni;
N- yilda tug‘ilganlar soni;
ye- yangi tug‘ilganlarni o‘rtacha yashashi mumkin bo‘lgan uzunligi. N ta bola tug‘ilsa, umumiy tug‘ilish koeffitsiyentini quyidagicha yozish mumkin:
Shunday qilib, statsionar aholida tug‘ilish kattaligi, kelajakda yashash uzunligining teskarisiga teng. Statsionar aho­lida tug‘ilish koeffitsiyenti bilan vafot etish koeffitsiyenti teng bo‘lgani uchun, umumiy tug‘ilish soni umumiy o‘lish soniga teng bo‘lish kerak. Demak, aytish mumkinki, statsionar aholi modelini tuzish uchun vafot etish jadvali bo‘lishi kerak. Unda X yoshgacha yashayotganlar soni va yangi tug‘ilganlar orasida o‘g‘il bolalar soni nisbatini ifodalovchi koeffitsiyent ham aniqlanadi xisoblash uchun o‘rtacha yashayotganlar sonini ham bo‘lish kerak:
Stabil aholi modeli tuzilishi, vafot etish va tabiiy o‘sish koeffitsiyentlari ko‘p jihatdan aholining amaldagi yosh tarkibiga bog‘liq. Agar bu aholi ma’lum darajadagi tug‘ilish o‘lish darajasiga intilsa aholining yosh tarkibi faqat shu ikki omilga bog‘liq bo‘ladi. Bu holatga amerkalik demograf A.Lotka e’tiborini qaratdi.
Aholining tabiiy harakati bilai uning yosh tarkibi stabillashuvi ma’lum vaqt orasida amalga oshadi. A Lotka uni 50-100 yil orasida deb aniqlagan, lekin oxirgi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, buning uchun bir avlodning o‘rtacha yashash davri yetarli ekan (ayol avlod umrining uzunligi).
Stabil aholi modelidan asosiy parametr — tabiiy o‘sishning haqiqiy koeffitsiyenti (A.Lotka) quydagicha ko‘rinish ega:
L — ayol kishilar avlodining o‘rtacha uzunligi; V- bu ko‘rsatkichga tuzatish kiritadi; K — umumiy tug‘ilish koeffitsiyenti; Ro R2 — takror paydo bo‘lishning brutto-netto koeffitsiyentlari.
Umumiy tug‘ilish koeffitsiyenti R0 — bir ona butun umri davomida tuqqan umumiy bolalar sonini, brutto — koeffitsi­yenti R — bir ona ko‘rgan qiz bolalar soni.
Stabil aholi soni geometrik progressiya bo‘yicha ortib boradi aholi umumiy soni esa - ?
Bunda, L —X yoshgacha yashayotganlarning o‘rtacha soni tug‘ilish koeffitsiyenti — tug‘ilganlar sonini o‘rtacha aholi soniga bo‘linganiga teng.
Stabil aholi modelining birlamchi ma’lumotlari:
-A.Lotkaning tabiiy o‘sish koeffitsiyenti 4,3%;
-vafot etish koeffitsinti 12,7%;
- tug‘ilish koeffitsiyenti 17,0%;
- tug‘ilish koeffitsiyentlari yig‘indisi 72%;
R, — takror npaydo bo‘lshi netto koeffitsiyenti 1,138 yil;
L — ayol avlodi uzunligi 27,5 yil;
Lp — aholining o‘rtacha yashash davri 69,9 yil;
-erkaklarning o‘rtacha yashash davri 66,85 yil;- ayollar o‘rtacha yashash davri 72,85 yil.
Statsionar va stabil aholi modeli aholini to‘liq va yosh tarkibini bashoratlash imkonini beradi.


  1. Yüklə 1,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin