Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


Statistik dinamika ko‘rsatkichlar asosida aholi sonini bashoratlash



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə31/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Statistik dinamika ko‘rsatkichlar asosida aholi sonini bashoratlash.

Dinamikaning statistik tavsiflari: o‘rtacha mutloq o‘sish, o‘rtacha o‘sish va qo‘shimcha o‘sishdan foydalanib, aholining kelajakdagi sonini bashoratlash mumkin.
Kelajakda bu tavsiflar o‘zgarmay qoladi va avvalgi davrdek o‘rtacha darajada saqlanadi deb o‘ylab, kelajakdagi aholi sonini aniqlash mumkin:
Yoshlarni "siljitish. Yoshlarni “siljitish” uzoq, vaqt aholining kelajakdagi sonini aniqlashning asosiy usuli. U aholining yosh jinsi tarkibi o‘zgairishi ham, tug‘ilish va vafot etish aylanishlaridagi o‘zgarishlarni ham hisobga oladi. Uning mohiyatini quydagi misolda ko‘rsatish mumkin.
Masalan, aholining jinsi va yoshi bo‘yicha soni ma’lum kunga (masalan, hisobga olish kuniga) berilgan bo‘lsin. Ma’lum davr oralig‘ida, masalan bir yilda tug‘ilgan odamlar qariydi, ularning bazilari o‘ladi, shu yosh tarkibidagi aholi sonini bir yildan keyin olinsa, birlamchi sondan shu yoshda avvalgi yil o‘lganlar sonini ayirish kerak. Masalan, 5 yoshli bolalar soni 4 yoshlilar sonidai 4 va 5 yoshlar orasida o‘lganlar sonining ayirmasiga teng. Demak, to‘rt yoshlilarni bir yilga surib, 5 yoshlilar sonini hisoblash mumkin. Shu yo‘l bilan yosh guruhni yuqori guruhga surish mumkin.
Vafot etish faqat vaqt bo‘yicha o‘zgarmasdan, balki jins bo‘yicha ham o‘zgaradi, shuning uchun «siljitish» erkaklar uchun alohida va ayollar uchun alohida amalga oshiriladi.
“O” yosh uchun tug‘ilganlar sonini tug‘ishdan qolgan yoshdagi ayollar sonini tug‘ishning yoshjins ko‘rsatkichlariga ko‘paytirib aniqlash mumkin. Tug‘ilishning o‘zi 2 ga ajratiladi: o‘g‘il bola va qiz bolalar to‘plamini bunda go‘daklarning va­fot hisobi olinadi.
Bashoratning to‘g‘riligi. Aholi basharotining to‘g‘riligini aniqlash o‘lchovi bo‘lib bashorat va amaldagi ma’lumotlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishi tushuniladi. Bunday solishtirishi yoki bashoratlash muddati o‘tgach, yosh retrospektiv bashoratlashda qo‘llash mumkin. Bashorat va amaldagi ma’lumotlarni solishtirishda tafovutning mutloq va nisbiy farqlaridan foydalansa bo‘ladi. Bu farqlar bashoratlashning mutloq; yoki nisbiy hatollarideb ataladi.
Agar V=0 bo‘lsa, bashorat va amaldagi ma’lumotlar birbiriga to‘g‘ri keladi, agar v=1 bo‘lsa, dinamikalar quydagicha o‘sishi o‘zgarmas bo‘lib keladi, agar V<1 bo‘lsa, bashoratlash eng yomon natijalarni beradi, shu voqeaning o‘zgarmasligi haqida fikr bildiriladi. Ba’zi hollarda bashoratlashning ishonchlilik darajasi bashoratlash ko‘rsatkichi yordamida shaklanadi. Ishonch intervali o‘rtacha kvadratik hatoning amaldagisi hisobdagisidan farqi va ehtimoli bo‘lgan farqi. 0,997 ehtimollik bilan ishonch intervalning kattaligi t=3 hajmida aniqlanadi, ehtimolligi 0,954 bo‘lganda t=2. Demak, bashorat ishonchliligi qanchalik katta bo‘lsa, uning aniqligi shunchalik kichik bo‘ladi va aksincha.
Italiyada tug‘ruqxonalar yopilyapti; janubi-sharqiy Xitoyda arvoh shaharlar paydo bo‘lmoqda; Janubiy Koreyada universitetlar talaba topishga qiynalyapti; Germaniyada esa yuz minglab uylar buzilib, o‘rniga parklar qurilgan, deb yozmoqda "Nyu-York Tayms" gazetasi. Chunki aholi soni kamayib bormoqda.
Deyarli barcha davlatlarda o‘sish sekinlashgan. Global demografik o‘zgarishlarni taxmin qiluvchi modellarga ko‘ra, asr o‘rtalariga borib tarixda ilk bor insoniyat soni qisqarishga yuz tutishi mumkin. 2100 yilda esa aholi soni bo‘yicha Nigeriya Xitoydan o‘tib ketadi.
Rivojlangan dunyoda tug‘ish darajasi eng past ko‘rsatkich Janubiy Koreyada. Bu yerda bitta ayolga 0,92 ta bola to‘g‘ri kelmoqda. YA’ni yuzta ayoldan 92 nafar bola qolmoqda. Ayollarning kamida sakkiztasi umri davomida umuman tug‘mayapti, deyish ham mumkin. Mamlakatda 18 yoshlilar soni 1992 yilda 900 000 nafar bo‘lgan; hozir esa 500 000. O‘ttiz yil ichida 45 foiz kamayish!
Italiyada ham ahvol og‘ir. Kaprakotta shaharchasida XVIII asrda qurilgan bir ko‘hna bino peshtoqiga "Bolalar bog‘chasi" deb yozib qo‘yilgan; chunki haqiqatda bu yer bir paytlar yosh bolalar maktabi bo‘lgan. Hozir esa undan qariyalar uyi sifatida foydalanishmoqda. 5000 kishi yashagan shaharchada hozir bor-yo‘g‘i 800 odam istiqomat qiladi; aksariyati keksalar.
Xitoyning qariyb 1,5 milliardlik aholisi asr oxiriga borib 730 millionga tushishi kutilyapti. Xegan shahrida 55 kv. metrlik bir xonali kvartirani $3000 ga sotib olish mumkin. Chunki oladigan odam yo‘q.
Yaponiyada tagliklar (pampers) chaqaloqlardan ko‘ra keksalar uchun ko‘proq sotilmoqda.
Aholi sonining qisqarishi nega xatarli?
Zamonaviy iqtisodiyotda qisqarish u yoqda tursin, turg‘unlik (bir joyda qotib qolish) ham yaxshi xabar emas. Iqtisodiyot doim kengayib borishi kerak.
Har doim barqaror iqtisodiy taraqqiyot drayveri sifatida yoshlar ko‘riladi. Yosh avlod iqtisodiyotdagi bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirib, iqtisodiyotga yangi iste’molchilar sifatida qo‘shilib, yalpi ichki mahsulot miqdorini muttasil oshirib boradi. Bu drayverning cho‘g‘i pasaysa, buning salbiy oqibatlari uzoq muddatda juda ayanchli bo‘ladi.
Masalan, mamlakat o‘z resurslarining asosiy qismini ishlamaydigan avlod – keksalarni parvarishlar uchun sarflashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, agar o‘nglanmasa, borib-borib davlatlarning butunlay tanazzuliga olib borishi mumkin.
O‘zbekiston uchun bu muammo dolzarbmi?
O‘zbekistonda tug‘ilish sur’ati past emas. Aholi demografik jihatdan juda yosh: jami aholining 34 foizini 14 yoshga to‘lmaganlar tashkil etadi.
Mamlakatda har bir ayolga 2,42 nafar bola to‘g‘ri kelmoqda. Bu degani, har 100 ayol o‘zidan 242 nafar farzand qoldirmoqda. Bu, albatta, yaxshi ko‘rsatkich. Agar bir ayol uchun to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich 2 dan pastga tushsa, bu biz uchun ogohlantiruvchi signal bo‘lishi kerak.
Unutmaylik, farzandni ayol tug‘adi. Bitta ayol ikkita farzand tuqqan taqdirda ham, u aholining ko‘payishiga hissa qo‘shmayapti, balki aholining kamaymasligini ta’minlayapti, xolos. Chunki ikkita farzand ikkita ota-onaning o‘rnini egallaydi, faqat uchinchi farzandgina aholining ko‘payishiga hissa qo‘shishi mumkin. BMT hisobiga ko‘ra, bir ayolga 2,1 nafar bola to‘g‘ri kelgandagina aholi o‘sishi yuz beradi. Mamlakatda o‘lim darajasi yuqori bo‘lsa, tug‘ruqlar soni bundan ham baland bo‘lishi kerak.
Xullas, yosh va soni ko‘p aholi davlat uchun muhim strategik boylik hisoblanadi. Demak, O‘zbekistonning eng katta boyligi – bu uning sog‘lom va yosh aholisidir.
Iqtisodiyotdagi istalgan muammoga yechim topish mumkin, lekin demografik muammoga, ya’ni keksayayotgan aholini yoshartirish masalasiga yechim topish deyarli imkonsiz. Xitoyda aholi sonini muvozanatda ushlab turish uchun uzoq yillar oilada bittadan ortiq farzand ko‘rish taqiqlangan edi. Hozir bu siyosatdan voz kechgan, ammo endi kech. Chunki Xitoy aholisi tez keksaymoqda. Yoshlar farzand tug‘ishni xohlamayapti.
Shunday ekan, hukumat aholining ko‘payishini davlat resurslari uchun ortiqcha bosim va harajat sifatida ko‘rmasligi kerak. Aksincha, bu boylikni asrab-avaylash va yanada ko‘paytirish lozim.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin