Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə2/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Modellashtirish yangi bilimlar olish, tadqiqot ob'ektlari tavsifini takomillashtirish yoki ularni boshqarish maqsadida hodisa, jarayon, qurilma yoki tizimlarni (umuman olganda - tadqiqot ob'ektlarini) modellarini qurish va o‘rganishga asoslangan ilmiy tadqiqot usulidir.
Modellashtirish - bu biror bir ob'ektni (orginal) boshqasi (model) bilan almashtirish va orginalni xususiyatlarini modelni xususiyatlarini tadqiq etish yo‘li bilan o‘rganishdan iborat. Almashtirishdan asosiy maqsad orginal ob'ektning xususiyatlarini o‘rganishni (aniqlashni) tezlashtirish, soddalashtirish, narxini kamaytirish imkonini beradi. Modellashtirishning asosiy maqsadi modeldagi izlanishlar asosida originalda kechadigan jarayonning ishchi holatlarini oldindan aniqlab berishga qaratilgan. Modellashtirish nazariyasi nuqtai nazaridan qaralganda modellashtirishning 2 turi mavjud: fizik modellashtirish va matematik modellashtirish. Originalning modeli uning kichraytirilgan fizik nusxasi (fizik modeli) yoki matematik tenglamalar sistemasi (matematik modeli) shaklida bo‘lishi mumkin.
Matematik modellarni iqtisodiy qonuniyatlarni o‘rganishga tadbiq etish - iqtisodiy matematik modellashtirish, bu modellarni amaliyotga qo‘llash esa iqtisodiy-matematik usullar deyiladi.
Matematik modellar ko‘p narsani o‘z ichiga olish xususiyatiga ega.
Iqtisodiy tadqiqotlarda ham modellashtirish usullari muhim rol uynaydi. Modellashtirish va modellar o‘zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab moddiy va abstrakt deb ataluvchi sinflarga bo‘linadi.
Moddiy modellar asosan o‘rganilayotgan ob'ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki funksional xarakteristikalarini ifodalaydi. Masalan, ob'ektning kichiklashtirilgan maketi (masalan, avtomobil, bino, texnologik mashina) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bula oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish (optimallashtirish), ularni joylashtirish va foydalanish yo‘llari o‘rganiladi. Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo‘lib, texnika fanlarida keng qo‘llaniladi.
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida asosan abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi. Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma'lum tillarga asoslangan belgilar majmuidan iborat. O‘z navbatida belgili abstrakt modellar matematik va logik tillar shaklidagi matematik logik modellarni ifodalaydi.
Matematik modellashtirish turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik bog’lanishlarni ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqot usulidir. Turli sohalarda matematika va matematik modellashtirish usullarini qullanilishi, asosan, quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin