Modellashtirish masalasi moxiyati ob'ektni sifat va miqdori tomonlarini aks ettiruvchi model operatorini tuzish (yaratish) maqsadidan iboratdir. Bu masalani 7-rasmda keltirilayotgan sixema yordamida shakillantirish va echish mumkin. Tarixiy nuktaiy nazaridan mavjud echish usullari bir-biridan mustaqil ravishda ishlab chiqilib turli masalalarni yechimini topish bilan bog’likdir. Bu usullarni vujudga keltirgan masalalar sinflari dinamik va statik ob'ektlar tushunchalari asosida amalaga oshirilishi mumkin.
Modellashtirish prosidurasiga jalb etilgan eng dastlabki va oddiy ob'ektlar sifatida determinsktik (stoxastik bo’lmagan) ob'ektlar olingan, ya'ni ob'ekt kirish va chiqishlarni bog’lovchi regulyar funktsiyadir. Bunday xolat modellashtirish nazariyasida dastlabki yondoshishni kelib chiqishiga olib keladi. Bu yondoshish matimatik taxlilda taxminiy funktsiyalarni ko’p hadlar bilan almashtirish ko’rinishida ma'lum va o’zining boshlangich bosqichlarini P.L. Chebishev ishlaridan oladi. Bu yo’nalish funktsiyalarni biror-bir funktsiyalar tizmi bo’yicha taqsimlash (ko’pgina xollarda polinomlar tizmi bo’yicha) bilan bog’langan. Bu nazariyada ikkita yo’nalish mavjud: approksimaktsiyalash nazariyasi va axborot nazariyasi.
Stoxastik ob'ektlarni identifikasiyalash uchun esa matematik statistika usullaridan foydalaniladi. Bu yo’nalishda ikkita nazariya bor. Baholash nazariyasi va tajribalarni rejalashtirish.
Baholash nazariyasini asosiy masalasi bo’lib, tasodifiy ta'svirlar va xalaqitlar mavjud bo’lganda kuzatishlar bo’yicha ob'ektni noma'lum parametrlarini baholashdan iborat.
Tajribalarni rejalashtirish nazariyasida stoxastik ob'ektlarni noma'lum parametrlarni aniqlash maqsadida aktiv va passiv tajribalarni o’tkazish jarayonlari ko’riladi.
Dinamik ob'ektlarni modellashtirishga bo’lgan uchinchi yondoshish avtomatik boshqarish tizimlari nazariyasini usullari xisoblanadi. Bu nazariyada dinamik ob'ektlarni normal tabiy ishlatish rejimida (ya'ni xalaqitlar va tasodifiy ta'svirlar ostida) maxsus modellashtirish usullari ishlab chiqarilgan. Modellashtirishning asosiy boskichlari.
Modellashtirish uchun modelni yaratish va uni tadbiq etish zarur. Modelni yaratishdan avval modellashtirish maqsadi aniqlanadi. Tadbiq etilgandan so’ng modellashtirish natijalari taxlil etiladi. Modelni yaratish bir necha bosqichlardan iboart. Bu ob'ektni va tashqi ta'sirlarni o’rgatishdan boshlanadi va matematik modelni tanlash yoki ishlab chiqish bilan yoki xisoblash sistemalari uchun dastur ishlab chiqish bilan tugaydi.
Ba'zi bir matematik modellar xisoblash texnikasi vositalarisiz tadbiq etishlishi mumkin, ammo kelgusida tadbiq etilgan modellar albatta xisoblash texnikasi yordamida tadbiq etiladi. Shunday qilib xisoblash sistemalari yordamida o’tkazilgan modellashtirish jarayonini quyidagi kattalashtirilgan bosqichlaradan iborat: maqsadni shakitillantirish, ob'ektni o’rganish, tavsifli modellashtirish, matematik modellashtirish, masalani yechimini topish usulini tanlash yoki ishlab chiqish, EXM uchun dastur tayyorlash, EXMda dasturni o’tkazish, olingan modellashtirish natijalarini taxlil qilish va yechim qabul qilish.