Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə75/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

14 AMALIY MASHG`ULOT
KORRELYATSION VA REGRESSIYA. BASHORATLASHGA DOIR MASALALAR.
Ishdan maqsad:


Asosiy tushunchalar. Chiziqli va chiziqsiz korrelyatsiya. Korrelyatsiya so‘zi inglizchada paydo bo‘lgan va correlation – munosabat degan ma’noni anglatadi.
Korrelyatsiya usuli statistik bog‘liqliklarni o‘rganishi uchun xizmat qiladi. Korrelyatsiya analiz yordamida ikki masala yechiladi:
I. Regressiya tenglamasi yordamida X va Y belgilar variatsiyasi orasidagi bog‘liqlikning analitik formasini aniqlash.
II. Belgilar (alomatlar) orasidagi bog‘liqlik zichligini hosil qilish (X variatsiya qanday o‘lchamiga Y variatsiyaning o‘lchami mos keladi).
Korrelyatsion bog‘liqlik nafaqat jamiyatning sohalarida biologik, fizik jarayonlarda, meteorologiyada va h.k. uchraydi.
Korrelyatsiya metodlarini qo‘llash bir qator etap (bosqich)larni taqoza etadi:
1. Obyektni tanlash, masalaning qo‘yilishi va o‘zarobog‘liqlik ko‘rsatgichlarni tanlash.
2. Statistik ma’lumotlarni yig‘ish va ularni tekshirish.
3. Belgilar orasidagi bog‘liqliklarni o‘rganish.
4. Tekshirish natijalarini baholash va korrelyatsiya tenglamasi parametrlarini mantiqiy tahlil qilish.
Topshiriqlar:
Tasodifiy ravishda 8 ta oila tanlab olindi. Shu oilaga tegishli quyidagi ma’lumotlar olindi:

  1. oila a’zosiga to`g`ri kelgan bir oylik o`rtacha daromad (x sum);

  2. oila a’zolari soni (u);

  3. bir oyda o`rtacha jon boshiga iste’mol qilingan go`sht (z kg).

Х

70

85

90

100

125

150

130

160

У

4

4

3

3

2

2

1

1

Z

3

3,3

4,2

5

4.5

6,8

6,2

7

Eng kichik kvadratlar usuli yerdamida regressiya tenglamasini z=a0+a1x+a2y kurinishda toping.
Quyidagi jadvalda O`zbekiston Respublikasida iste’mol mollarini ishlab chiqarish bo`yicha statistik ma’lumotlar berilgan:




1999 й.

2000 й.

2001 й.

2002 й.

2003 й.

Iste’mol mollari (mln.sum)

24,7


178,3


1883,3


26873,7


77361,0


Eng kichik kvadrat usuli yerdamida regressiya tenglamasini y=ax2 + bx + c kurinishda toping. Berilgan jadval qiymatlarini va unga mos kvadrat funksiya grafigini chizing.
Quyidagi jadvalda O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirish buyicha statistik ma’lumotlar keltirilgan




1999 й.

2000 й.

2001й.

2002 й.

2003 й.

Donli ekin maydonlari (ming ga)

1079,9


1212,2


1280,3


1522,2


1656,5


Don ishlab chiqarish
(ming t)

1908,2


2257,2


2142,4


2466,9


3215,3


Go`sht ishlab chiqarish
(ming t)

491,8


469,2


503,6


509,2


523,5


Eng kichik kvadratlar usuli yerdamida gusht ishlab chikarishni (u) donli ekin maydonlari (x1) va don ishlab chikarishga (x2) boglovchi ikki parametrli regressiya tenglamasini u=a1x1 + a2x2 + a0 ko`rinishda toping.
Quyidagi jadvalda O`zbekiston respublikasi axolisini soni va strukturasi buyicha shartli statistik ma’lumotlar keltirilgan (ming kishi):




1999 й.

2000 й.

2001 й.

2002 й.

2003 й.

Jami axoli

20863

21360

21853

22282

22690

Mexnatga qobiliyatli yoshlar

10234

10463

10707

10963

11157

Mexnatga kobiliyatli yoshga qadar

9005

9239

9462

9604

9788

Mexnatga qobiliyatli yoshdan oshganlar

1624

1658

1684

1716

1745

Jadvalda chap ustundagi kattaliklarning o`zgarish dinamikasini ifodalovchi chiziqli regressiya tenglamalarini tuzing. O`zaro korrelyatsiya koeffitsiyentlarini xisoblang. Model parametrlarini baholang.
Quyidagi jadvalda O`zbekiston Respublikasida chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyati bo`yicha statistik ma’lumotlar berilgan:




1991 й.

1992 й.

1993 й.

1994 й.

1995 й.

Jami korxonalar

128


288


644


1039


1235


Maxsulot ishlab chiqarish hajmi (mln. sum)

7,7


112,6


1708,1


7344,3


10561,4


Eksport (mln. AQSH dol.)

34,8

23,0

17,6

73,1

81,2

Ishlovchilar soni

9126


16604


25016


33618


400000


Eksport hajmini uchta parametr: ishlovchilar soni, jami korxonalar va mahsulot ishlab chiqarishga bog`lovchi chiziqli model tuzing. Ishlab chiqarish hajmi bilan ishlovchilar soni orasidagi korrelyatsiyani aniqlang.


15 AMALIY MASHG`ULOT
POPULYATSIYA MIQDORIGA DOIR MISOLLAR.
Ishdan maqsad: Maltus modelida ishlash prinsiplarini o`rganish.


Topshiriqlar:

  1. Chiziqli Maltus modeli (1) da populyatsiya soni chegaralangan bo‘lib qolishi uchun kattalik yetarli katta larda ( ) da o‘zini qanday tutish kerak?

  2. Chiziqsiz Maltus modeli (3) da muvozanat vaziyatidan kichik og‘ishlarni qarang, ya’ni yechim bu yerda ko‘rinishda bo‘ladigan vaziyatni qarab chiqing.

  3. (5) tenglama tahlilidagi hol uchun yechim ko‘rinishini toping va grafigini yasang.

  4. (5) tenglamani hol uchun (6) yechimga ega ekanligini isbotlang va kattalikni kattaliklar orqali hisoblang.

  5. Chiziqli Maltus modeli (1) da populyatsiya soni chegaralangan bo‘lib qolishi uchun kattalik yetarli katta larda ( ) da o‘zini qanday tutish kerak?



17 AMALIY MASHG`ULOT
MOLIYAVIY VA IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISHGA DOIR MASALALAR
Ishdan maqsad: matematik model qurish prinsiplari bilan tanishish

1. Operatsiyalarni tekshirishning asosiy bosqichlari. Operatsiyalarni tekshirish muayyan sxema bo‘yicha olib borilishi odat tusiga kirgan va bu ish jarayoni bir qator bosqichlardan o‘tishni taqozo qiladi. Ular quyidagilardan iborat:


masalani qo‘yish (jumlalashtirish);
matematik modelni tuzish;
qarorni izlash va uni qabul qilish;
modelni tekshirib ko‘rish va qarorni baholash;
qarorni tadbiq qilish.
Topshiriqlar:
Ishlab chiqarishda uchrash mumkin bo‘lgan quyidagi misolni qaraymiz. Faraz kilaylik, qandolat sexida 3 xil xom ashyodan (un, shakar va yog‘dan) 4 xil pishiriq ishlab chiqarilsin. Har bir xom ashyoning umumiy miqdori (kg hisobida) hamda har bir pishiriqdan 1 kg tayyorlash uchun zarur xom ashyo miqdori (kg hisobida) va ularni sotishdan sex oladigan daromad (pul birligi hisobida) 1- jadvalda keltirilgan.
1- jadval

Xom ashyo turlari



1 kg pishiriq tayyorlash uchun zarur xom ashyo miqdori

Xom ashyoning umumiy miqdori

1- xil

2- xil

3- xil

4- xil

Un

00,4

00,5

00,5

00,6

1000

Shakar

00,25

00,15

00,25

00,05

45

Yog‘

00,1

00,1

00,05

00,1

15

1 kg pishiriqni sotishdan olingan daromad

40

36

38

32




Sex ishini shunday rejalashtirish kerakki, pishiriqlarni ishlab chiqarish uchun sarf kilinadigan xom ashyo miqdorlari minimal va ularni sotishdan olinadigan umumiy daromad maksimal bo‘lsin.
Masalaning qo‘yilishini bunday jumlalashtirish tekshirilishi kerak bo‘lgan operatsiya ko‘p maqsadli, aniqrog‘i, ikki maqsadli ekanligini ko‘rsatmoqda:
1) pishiriqlarga sarf kilinadigan xom ashyo mikdorlari minimal bo‘lsin;
2) pishiriqlarni sotishdan olinadigan umumiy daromad maksimal bo‘lsin.
Ta’kidlash kerakki, bu maqsadlar o‘zaro ziddiyatlidir, chunki bir vaqtning o‘zida ham kam xarajat qilish, ham ko‘p daromadga ega bo‘lish mumkin emas. Bu vaziyatdan chiqish uchun qaror qabul qilishda oqilona yondoshish zarur. Tabiiyki, masalaning qo‘yilishida oxirgi gapni quyidagicha jumlalashtirsak, ta’kidlangan ziddiyat bartaraf etilgan bo‘ladi. Sex ishini shunday rejalashtirish kerakki, pishiriqlarni ishlab chiqarish uchun sarf kilinadigan xom ashyo miqdorlari ularning umumiy miqdorlaridan oshmasin va pishiriqlarni sotishdan olinadigan umumiy daromad maksimal bo‘lsin.
Masalaning bunday qo‘yilishi yuqorida keltirilgan birinchi maqsadni tabiiy shartga aylantiradi va bu shart ikkinchi maqsadga zid emas. Operatsiyalarni tekshirish sxemasining birinchi bosqichida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar bajarildi.
Endi ikkinchi bosqichga o‘tib qo‘yilgan masalaning matematik modelini tuzamiz. Buning uchun, avvalo, maqsadga mos keluvchi samaradorlik mezonini aniqlaymiz. Maqsad «pishiriqlarni sotishdan olinadigan daromad maksimal bo‘lsin» deb ifodalanganligi sababli, bu maqsadga erishish darajasini sex oladigan umumiy daromad miqdori z bilan o‘lchash mumkin.
Modellashtirish jarayonini davom ettirib, ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan j- xil pishiriq miqdorini , bilan belgilaymiz. U holda samaradorlik mezoni (korxona oladigan umumiy daromad miqdori) ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Xom ashyolarning mavjud miqdorlarini hisobga olib, quyidagi shartlarni yozish mumkin:

Tabiiyki, o‘zgaruvchilar, pishiriqlar miqdorlari sifatida, manfiymaslik shartiga ham bo‘sunishadi.
Shunday qilib, sex boshqaruvi hal qilishi kerak bo‘lgan masalani quyidagicha ifodalash mumkin:
, o‘zgaruvchilarning yuqorida ifodalangan shartlarni qanoatlantiruvchi shunday (optimal) , qiymatlari topilsinki, ular z samaradorlik mezoniga maksimal qiymat bersin.
Bu masalaning matematik modelini formal ravishda quyidagicha yozish mumkin:
,

Bu masala uchun operatsiyalarni tekshirish jarayonining qolgan barcha bosqichlari maxsus bilimlar talab qiladi.
2. Operatsiyalarni tekshirish masalalarining tipik sinflari. Operatsiyalarni tekshirish jarayonida uchraydigan barcha masalalar muhim masalalardir. Bu masalalarni sinflarga ajratish uchun, qaror qabul qilish masalalarini turlarga ajratishdagidek, turlicha sinflash belgilarini asos qilib olish mumkin. Bu yerda, biz ularni predmet sohalariga qarab sinflarga ajratamiz va operatsiyalarni tekshirish masalalarining tipik sinflaridan ba’zilarini matematik modelini ham keltirgan holda qarab chiqamiz. Bu masalalarning ko‘pchiligi matematik programmalash masalalaridir.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin