biznes hamkorga mo‘ljallangan elektron biznes ингл: electronic business oriented on business partner рус: бизнес электронный, ориентированный на бизнес-партнера қ: biznes uchun biznes graf ингл: graph рус: граф Graf bo‘sh bo‘lmagan to‘plamlar juftidir. Birinchi to‘plam cho‘qqilardan, ikkinchi to‘plam esa qovurg‘alardan tarkib topgan. Grafni uch shaklda, ya’ni analitik, matritsaviy va grafik shakllarda ifodalash mumkin. Grafik shakl modellarni aks ettirish uchun juda qulay vosita. Bunda cho‘qqi nuqta, to‘g‘riburchak yoki doiracha bilan aks ettiriladi. Bir juft cho‘qqi orasidagi birtomonlama bog‘lovchi qovurg‘a yoy deb ataladi. Ikki tomonlama bog‘lovchi qovurg‘a deb ataladi. Yoy bo‘yicha o‘tish yo‘nalishini strelka bilan belgilanadi. Bir cho‘qqida boshlanib xuddi shu cho‘qqida yakunlanadigan qovurg‘a sirtmoq deb ataladi. Ular ba’zan bo‘g‘inlar deb nomlanadi. Graf cho‘qqilari orasidagi qovurg‘alar va yoylar bo‘yicha o‘tgan yo‘l marshrut (yo‘nalish) deb ataladi. Graf boshqarish nazariyasida, elektronika, elektrotexnikada tarmoq, tizim, algoritm tushunchalarini aniqlashda ishlatiladi. Graflar ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlarini ifodalashda keng qo‘llanmoqda Bunda, cho‘qqilar biror obyektlarga mos kelsa, qovurg‘a yoki yoylar ular orasidagi fizik yoki mantiqiy bog‘lanishlarni ifodalaydi. Graflarning maxsus turlari bo‘lib daraxtlar, halqa va ro‘yxatlar hisoblanadi. Graf tushunchasi axborot tarmog‘ida yuzaga keladigan gipermuhit, gipermatn, superkompyuter, kommutatsiya, marshrutlash va boshqa jarayonlarni ifodalashda ishlatiladi. grafik axborot ингл: graphical information рус: графическая информация Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan ma’lumotlar yoki xabarlar. Dastur ингл: software рус: программа Hisoblash mashinasiga algoritmni beruvchi ko‘rsatmalar (buyruq yoki tasnif va operatorlar)ning ketma-ketligi. Dastur kompyuter tomonidan qaysi tartibda, qaysi ma’lumotlar ustidan va qaysi amallar bajarilishi va natija qaysi shaklda taqdim etilishini ko‘rsatadi. Kompyuterning boshqarish qurilmasi mashina buyruqlari ketma-ketligi shaklida berilgan dasturni qabul qiladi. Dasturni mashina tilida yaratish – noqulay va katta mehnat talab qiluvchi jarayon. Shuning uchun kompyuter uchun dastur inson tomonidan dasturlash tillaridan birida yaratilib, keyin esa kompyuterning o‘zi ushbu dasturni mashina tiliga o‘giradi. 2 Ma’lum natijani olish uchun kompyuter va boshqa kompyuter qurilmalari faoliyati uchun mo‘ljallangan jami ma’lumot va buyruqlarni taqdim etishning obyektiv shakli.
Diskret ингл: discrete рус: дискретный Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan ma’lumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli ta’rif.