Internet reklama ингл: Internet advertisement рус: Интернет-реклама Internet tarmog‘idagi reklama. Kalkulyator ингл: calculator рус: калькулятор Sonlar ustida elementar amallar bajarish uchun mo‘ljallangan sodda kompyuter. Kalkulyatorlar dasturlanmaydigan va dasturlanadigan bo‘lishi mumkin. Konvertor ингл: convertor рус: конвертор Ma’lumotlarni bir mashina kodidan boshqasiga yoki bir formatdan boshqasiga qayta kodlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. Mantiq ингл: logic рус: логика Mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u o‘rganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Aristotel tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Farobiy Aristotelning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib, o‘z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. YO rost yo yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lib qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, ya’ni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni birinchi bo‘lib XIX asr o‘rtalarida irlandiyalik orj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va xir oqibatda XX asr o‘rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan.