Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ)



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə82/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) ингл: automatized work place рус: автоматизированное рабочее место (АРМ) Texnik va dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasi. U mutaxassis kasbiy mehnatini avtomatlashtirishga qaratilgan va unga kerakli hujjat va ma’lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va (ekran yoki qog‘ozga) chiqarishni ta’minlaydi. AIJ shaxsiy kompyuterdagi alohida avtomatlashtirilgan tizim shaklida amalga oshirilgan yoki avtomatlashtirilgan tizim atamasi bo‘lishi mumkin.
adaptiv taxminlash bilan kodlash ингл: adaptive predictive coding рус: кодирование с адаптивным предсказанием Har bir keyingi sanoq, avvalgi sanoqlar qiymatlarining chiziqli funksiyasi va tegishli vazn koeffitsiyentlariga ko‘paytmalari sifatida ifodalanadigan, bashoratlashga asoslangan nutqni kodlash usuli.
Al-Jamol algoritmi ингл: ElGamal’s algorithm рус: алгоритм Эль-Гамаля Diskret logarifmlash muammosiga asoslangan kriptotizim. Axborot (raqamli imzo) autentifikatsiyasi uchun ham va shifrlash uchun ham foydalanish mumkin. 1985 yili AlJamol tomonidan taklif qilingan.
Algoritm ингл: algorithm рус: алгоритм 1 Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to‘plami. 2 Dastlabki ma’lumotlarni oxirgi natijaga o‘tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala yechimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi: - berilgan dastlabki ma’lumotlar bilan natijaning bir turliligi; - jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ayrim amallarning chekli soniga bo‘lish mumkinligi; - ko‘p klassga oid masalalarga mos ko‘p dastlabki ma’lumotlar uchun natija olish mumkinligi. Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani yechishning bir necha algoritmi mavjud bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo‘lishi shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o‘rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi. Algoritm atamasi o‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U IX asrning 825 yilidayoq o‘zi kashf etgan o‘nli sanoq tizimida to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan algoritm.
Analog ингл: analog рус: аналоговый Uzluksiz shaklda aks etuvchi to‘xtovsiz o‘zgaruvchi fizikaviy kattaliklar yoki ma’lumotlar hamda ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchi jarayonlar va funksional qurilmalarga tegishli ta’rif
Atribut ингл: attribute рус: атрибут Xususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi obyektni ta’riflovchi (biroq uning qayerda joylashganligini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) va uning noyob soni ya’ni aniqlovchisi bilan bog‘liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut ko‘rsatkichlari majmuasi odatda ma’lumotlar bazalarini relyatsion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma’noda atribut deganda obyektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo‘lmagan xususiyati tushuniladi; bunday holda makondagi atribut va makonda bo‘lmagan atribut ajratiladi. Makondagi obyektlarga atribut berish yoki obyektlarni atribut bilan bog‘lash jarayoni atributlash deyiladi

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin