diskretlash chastotasi ингл: sampling rate рус: частота дискретизации Vaqtda uzluksiz signalning diskretlanishida (xususan, analog-raqamli o‘zgartirgich tomonidan) uning hisobotlarini olish chastotasi. Gerslarda o‘lchanadi. Diskretlash chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, diskret signalida shunchalik keng signal spektri taqdim etilishi mumkin. Jadval ингл: table рус: таблица Har bir element boshqa elementlarga nisbatan tutgan o‘rni bilan aniqlanadigan ma’lumotlar majmuasi. Jadval bir necha ustunlar va qatorlardan iborat bo‘lib, ular kesishgan joy kataklardan iborat.
Jarayon ингл: process рус: процесс 1 Berilgan sharoitlarda erishiladigan maqsad yoki natija bilan belgilanuvchi voqealarning berilgan ketma-ketligi. 2 Dastur yoki uning qismi bajarilayotganda ro‘y beradigan voqealarning berilgan ketma-ketligi.
Juftlik ингл: parity рус: четность Ketma-ketlikdagi elementlar soni juft yoki toq ekanligini belgilovchi alomat; odatda, ikki moduli bo‘yicha elementlarning yig‘indisi sifatida hisoblanadi. Identifikatsiyaингл: identification рус: идентификация Foydalanish subyekt yoki obyektlariga identifikator berish va (yoki) taqdim etilayotgan identifikatorni berilgan identifikatorlar ro‘yxati bilan taqqoslash. identifikatsiya qilish ингл: identification рус: идентификация 1 Noma’lum obyektlarni ma’lumlaridan biri bilan, tizimga kirishni boshqarish uchun zarur bo‘lgan aynan bir (o‘xshash) deb bilish tartiboti. Odatda identifikatsiya qilish foydalanuvchining vakolatlarini tekshirish (autentifikatsiya qilish) amalidan oldin keladi. 2 Obyekt yoki jarayonga ramziy nom berish. Uning nusxasi, ko‘p karra murojaat qilishda xarakteristikalarning tavsifini soddalashtirish maqsadida tizimda saqlanadi. 3 Qandaydir obyektni uning xarakterli belgilariga qarab aniqlash yoki tanlash. Iyerarxiya ингл: hierarchy рус: иерархия Bog‘liq (bog‘langan) obyektlarning tartiblashtirilgan majmui. Ularning o‘zaro bog‘liqligini belgilovchi bir necha pog‘onasini o‘z ichiga oladi.